* * *

— Uch kompyuterchi hamkorlikda tijorat bilan shug’ullana oladimi?

— Ha.

— Qanday qilib?

— Biri virus yaratadi, ikkinchisi antivirus o’ylab topadi.

— Uchinchisi-chi?

— Uchinchisi virus va antivirus bemalol ishlashi uchun yangi operativ tizim yaratadi.

* * *

Erkak do’stiga dedi:

— Qachonlardir xotinim bilan diskotekada ko’rishib qolgan kunimni sira unuta olmayman.

— Sarguzashtlar shunchalik zo’r bo’lganmi?

— Yo’q, juda g’alati ahvolda qolganman.

— Nega?

— Men u ablah uyda bolalarga qarab o’tiribdi deb o’ylabman.

* * *

Chukchani qamoqqa olishdi. Kamerada yana bir erkak o’tirardi. Chukchadan so’radi:

— Nega qamashdi?

— Oq ayiqni o’ldirgandim. Olti yil berishdi. O’zingni nega qamashdi?

— Xotinimni o’ldirgandim. Sakkiz yil berishdi.

Chukcha teskari o’girilib o’zicha fikrladi:

— Qiziq… Xotinini o’ldirgani uchun sakkiz yil berishibdi. Axir, uning yungi ayiqchalik ko’p emas-ku!

* * *

Besh yashar bolakay onasidan so’radi:

— Oyi, nega dadam kal?

— Dadang juda aqlli. Shuning uchun kal.

— Nega sizning sochlaringiz qalin?

— O’chir chakagingni, juvonmarg!

* * *

Uzoq vaqt sukunat. Kutilmaganda suxandonning ovozi eshitildi:

— Siz «Buyuk soqov» nomli radiopyesani tingladingiz!

* * *

Teleboshlovchi dedi:

— Orifleym» firmasi mana o’n yildirki ayollarimizga sog’liq, go’zallik, yoshlik ulashib kelyapti… Baribir foydasi bo’lmayapti…

* * *

Harbiy qismga mayor tekshirish uchun keldi. Hammayoqni ko’rib chiqdi. Hamma joy bo’yalgan, tozalangan. Bir burchakka barmog’ini qo’yib chang topdi.

— Xo’sh, starshina, bu changni ko’rgach, xayolingizga nimalar keldi?

«Cho’chqa hamma yerdan axlat topa oladi», degan gap keldi.

* * *

Muallima o’quvchilardan so’radi:

— Elektr toki qaerdan kelishini bilasizlarmi?

Toshmat:

— Ha, bilaman.

— Xo’sh, qaerdan keladi?

Toshmat:

— Afrikadan.

— Nega?

Toshmat:

— O’tgan kuni otam soqol olayotgandi, chiroq o’chib qoldi. Shunda otam: «Uf-f, maymunlar tag’in chiroqni o’chirib qo’yishdi», deb baqirdi.

* * *

— Azizim, nega bo’sa olayotganingizda qo’llarimni quloqlaringizga bosib olyapsiz?

— Chunki sizdan avvalgi sevgilimdan bo’sa olib bo’lib qarasam, cho’ntagimdagi pullar g’oyib bo’libdi.

* * *

Uch kecha-uch kunduz Alîviddin sehrli chiroqni artib chiqdi. Faqat… «Made in China», degan yozuvni ko’rgachgina, chiroq artishni bas qildi. (zamonaviy ertakdan)

* * *

Starshina loyga qorishib yotgan kallani ko’rib, navbatchi askardan so’radi:

— Bu nima?

— Kalla.

— Kallaligini bildim. Nega uning sochi olinmabdi?..

* * *

Chukcha do’kondan deraza romini sotib olgach, sotuvchidan so’radi:

— Bu rom janubga olib chiqadimi?

Olimjon HAYIT tayyorladi