****
Qamoqxonada ikkita mahbus gaplashmoqda:
— Sen nima uchun qamalgansan?
— Raqobat qurboni bo’ldim.
— Qanaqa raqobat?
— Men xuddi davlatnikiga o’xshagan pul yasagandim.
****
Er:
— Bilasanmi, xotinjon, tuya sakkiz kun ishlab, hech narsa ichmasligi mumkin ekan!?
Xotin:
— Men sakkiz kun ichib, hech qanday ish qilmaydigan tuyani-yam bilaman, – dermish.
****
Haydovchi DAN xodimiga:
— Soatiga bir yuz yigirma kilometr, deysizmi? Axir mening tezligim soatiga 30 kilometrdan ham past edi-ku?!
— Hali mashinam bir joyda to’xtab turuvdi ham dersiz?
— Ha-ha, deryali shunday…
— Unda baribir jarima to’laysiz: bu joyda to’xtab turish taqiqlangan.
****
7 yoshlik bolakay o’qtuvchisidan so’rabdi:
— Uztoz 7 yoshda ham ota bo’lsa bo’ladimi?
Ustozi:
— Yo’q, buni iloji ham yo’q!
Shunda bolakay joyiga o’tirib yonidagi qizchaga:
— Ana, ko’rdingmi, sen bo’lsa havotirlanasan, – debdi.
****
Yigit va qiz uchrashuvi… Ancha gaplashishgandan so’ng yigit:
— Jonim, menga turmushga chiqasizmi?
— Ha, albatta!
…So’ng uzoq jimlik… Jimlikdan zerikkan qiz:
— Nega jimsiz?
— Shundoq ham ko’p gapirib qo’ydim…