Haqiqiy hangomaning bundan battari bo'lmaydi…

 

* * *

— Allo! Azizim, men bu yerda juda-juda yolg’izman! Bu yer judayam sovuq! Qo’rqib ketyapman! Iltimos, meni kutib oling!

— Azizam! Sen qo’rqma! Sekin katta sochiqqa o’ralgin-da, vannaxonadan chiqib yo’lakning chirog’ini yoq!

* * *

— Dugonajon, ba’zida erim meni «xazinam» deb erkalaydi.

— Bu yaxshi-ku! Qaniydi mening erim ham shunday erkalasa!

— Yo’-o’q, men bu erkalashidan qo’rqaman!

— Nega?

— Voy, bir kun ko’mib qo’ysa-chi?

* * *

Oltinchi sinfda o’qiydigan bolakay uyga kelib onasiga maqtandi.

— Oyi, men sinfdoshim Go’zalni kuzatib qo’ydim.

— Nima, u qiz uzoqda yashaydimi?

— Bilmadim.

— Unda qaergacha kuzatding?

— O’zimizning uygacha.

* * *

Professor imtihon topshirishga kirgan talabadan so’radi:

— Familiyangiz nima?

Talaba (kulib): — Toshmatov!

Professor:

— Nega kulyapsiz?

Talaba:

— Birinchi savolingizga to’g’ri javob berganimdan xursandman!

* * *

70 yashar otaxon vrach qabuliga kirdi. Vrach uni tekshirib ko’rib dedi:

— Yoshingizga nisbatan ancha sog’lomsiz… Kechirasiz, otangiz necha yoshida olamdan o’tgan?

— Kim aytdi senga otamni olamdan o’tgan deb? Otam tirik, hozir 95 yoshda.

— Qarang-a! Unda bobongiz necha yoshida o’lgan?

— Kim aytdi senga bobomni o’lgan deb? Bobom ham tirik, hozir 120 ga kirdi. Kelasi haftada uylanyapti.

— Ie, shu yoshga kirganda nega uylanish haqida o’ylab qolibdi?

— O’ylab qolgani yo’q… Otasi «Ko’zim tirikligida to’yingni ko’rib qolay, uylan!», deb qo’ymayapti.

* * *

Keksa xasis notariusga kirib so’radi:

— Men vasiyatnoma qolldirmoqchiydim. Siz bilan maslahatlashib olsam bo’ladimi?

— Ha.

— Ayting-chi, «Hech biring hech vaqo olmaysan» degan gap qo’shib yoziladimi, ajratibmi?

* * *

Poliklinikaga bir yigit kirib keldi-da, har bir kabinet ro’parasiga borib navbat ola boshladi. Hamma hayron edi. Shunda navbatda turganlardan biri so’radi:

— Nega hamma vrachning qabuliga navbat olyapsan? Kasaling nima o’zi?

— Kasalim ko’p-u, ammo har birining tadbirini topaman. Masalan, oshqozonim faoliyati buzilsa, qon bosimim tushib ketsa, ko’tarilib ketsa, anginaga uchrasam, bir xil ichkilik ichaman.

— Suv-chi? Suv ham ichib turasanmi?

— Suv? Yo’q, hali unaqa kasalga uchramaganman.

* * *

Erkak kurortda bir ayol bilan tanishdi. Birinchi kuni uning qo’lidan tutdi. Ikkinchi kuni kaftlarini silashga erishdi. Uchinchi kun yelkasiga qo’lini qo’ydi. Shunda ayol uni jerkib tashladi:

— Nima, meni kurortda olti oy dam oladi deb o’ylayapsizmi?

* * *

— Professor, zontigingiz teshilib qopti!

— Bu mening yangi ixtirom. Shu teshikka qarab yomg’ir to’xtagan-to’xtamaganini bilib olaman.

* * *

Ertalab baliqchi ko’l bo’yida baliq tutyapti. Boshqa bir baliqchi kelib undan so’radi:

— Suv qalay bugun?

— Ajoyib! Shuning uchun yaramas baliqlarning sira suvdan chiqqisi kelmayapti.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit