KUN KULGISI…

 

* * *

Korxona rahbaridan so’rashdi:

— Nega ishga faqat uylanganlarni qabul qilasiz?

— Chunki uylanganlar haqorat, so’kishlarga o’rganib ketgan. Keyin… Yana bir yaxshi tarafi shuki, uylanganlar kechqurun uyga ketishga shoshilishmaydi.

* * *

Besh yashar bolakay ko’chadan yugurib kelib onasiga dedi:

— Oyi, pul bering!

— Nima qilasan?

— Sovg’a olaman.

— Qanaqa sovg’a?

— Yangi yil sovg’asi.

— Ie, kimga atab olasan yangi yil sovg’asini?

— Siz bilan dadamga.

* * *

Bolakayning «Qorbobo, siz haqiqiy Qorbobomisiz?», degan savolidan so’ng Qorbobo bolakayga maxsus ruxsatnoma, soliq idorasidan ma’lumotnoma, litsenziya va shaharda vaqtinchalik ro’yxatda turganligi haqidagi hujjatlarni ko’rsatishga majbur bo’ldi.

* * *

Teleboshlovchi 8 mart kuni e’lon qildi:

— Biz muhtarama ayollarimizni 8 mart bayrami bilan chin ko’ngildan tabriklaymiz va ular uchun «Chelsi» — «Barselona» o’rtasida o’tadigan futbol matchini namoyish etamiz. Bu namoyishimiz faqat sizlar uchun, qimmatli ayollar!

* * *

Tiqilinch avtobusda. O’rindiqda o’tirgan erkak tepasida turgan 80 yashar kampirdan so’radi:

— Ona, shu avtobusda markaziy bozorgacha borvola olamanmi?

— Yo’q.

Erkak shosha-pisha o’rnidan turdi-da, avtobusdan tushib qoldi. Kampir esa uning o’rniga o’tirib o’zicha g’udranib qo’ydi:

— Men esa borvola olaman.

* * *

Restoranda. Mijoz ofitsiantdan so’radi:

— Nega guldondagi gullaringiz sun’iy? Shunday nufuzli restoranga tirik gullar qo’yib chiqilsa ham bo’lardi-ku!

— Siz haqsiz. Ammo restoranimiz vegetarianlar uchun xizmat qila boshlagach, mijozlar tirik gullarni gazak deb o’ylab yeb qo’yadigan bo’lishdi.

* * *

Homilador ayol eriga dedi:

— Agar tug’ilajak bolamiz sizga o’xshasa, demak, baxtsiz bo’ladi!

— Agar shu bolang menga o’xshamasa, sen baxtsiz bo’lasan!

* * *

Ikki qarg’a daraxt shoxida o’tirishgandi. Tepalaridan reaktiv samolyot uchib o’tib ketdi. Qarg’alarning biri ikkinchisidan so’radi:

— Menga qara, jo’ra, nega anavi qush bunchalik tez uchadi-a?

— Sening duminggayam o’t qo’yvorishsa, ko’rardim qanday uchishingni!

* * *

— Do’xtir, yordam bering! Muammo paydo bo’ldi!

— Nima bo’ldi?

— Nuqul tirnoqlarimni tishlashga odatlanib qoldim. Sira shu odatimni tashlay olmayapman!

— Buning yo’li oson! Hozir tishlaringizni sug’urib tashlayman!

* * *

Vrach mehmonda o’tiribdi va unga so’z berishdi. U shunday dedi:

— Bu dunyoda biz vrachlarning juda dushmanimiz ko’p!

Shu payt boshqa bir stol tarafdan ovoz keldi:

— Narigi dunyoda yanayam ko’p.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit