TUShUNTIRISh XATI
Men falon qishloqda yashovchi Eshmat Toshmatovich katta shaharga ish qidirib borgandim. Qo’qqisdan qornim og’rib qoldi. Qaerga borishni bilmay qoldim. Axir, katta shaharni yaxshi bilmayman-ku!..
O’zimga o’xshab ish qidirib yurganlardan biri aroqqa tuz qo’shib ichishni maslahat berdi. U aytganidek, ikki shisha aroqqa tuz qo’shib ichdim. Yordam bera qolmadi. Yana bittasi aytdiki, aroqqa tuzmas, balki, qalampir qo’shib ichish kerak ekan. Men yana bir shisha aroqqa ikki-uchta qalampir qo’shib ichdim. Qorin qurg’ur battarroq og’riy boshladi. Qaerga bosh urishni bilmay, o’tkinchilardan yaqin oradagi kasalxonani so’radim. Bir kishi men turgan yerdan yetti kilometr narida mol do’xtiri borligini aytdi. Qo’limda karta yo’g’idi. Tavakkal ketaverdim. Qornim og’rigandan og’riyverdi. Oxiri, chidayolmadim. Kiyimlarim bo’lganicha bo’ldi. Ishonsangiz, hoziram zo’rg’a oyoqda turibman. Mol do’xtiri sarimsoq piyozni vinoga qo’shib ichishni maslahat bergandi. Aytganidek ichsam, endi ichaklarim g’uldirab ketyapti.
Tushuntirish xatini o’z qo’lim bilan mahalla qo’mitasiga atab to’g’ri yozdim. Mol do’xtirining ma’lumotnomasini ilova qilaman. Agar ertaga ko’risholmasak, alvido fermer buva!
Toshmatingiz. Imzo.
Hormasboy TOLMASBOYEV tayyorladi