XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

PUL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. 100 000 dollarlik qog’oz pul 1934 yili ishlab chiqarilgan.

2. Dollarga reklama joylashtirishga 2004 yili ruxsat berilgan.

3. Hozir 500 yevrolik qog’oz pul dunyodagi eng mashhur banknot hisoblanadi.

4. 1 mln dollar agar faqat yuztaliklardan iborat bo’lsa, 10 kilogramm vaznga ega.

5. Qog’oz pul ilk bor 1788 yili Oliver Pollok degan shaxs tarafidan o’ylab topilgan.

6. Amerikada dollar ustiga tirik shaxslarning suratini joylashtirish qat’iyan taqiqlanadi.

7. Bir dona qog’oz pulda yuz minglab mikroblar yashaydi.

8. Shvetsiya mis tangalari dunyodagi eng og’ir vaznli tangalar hisoblanadi.

9. Eng og’ir tanga Yekaterina I davrida zarb etilgan. U 18* 18 sm hajmga, 5 mm qalinlikka ega bo’lgan 1 rubllik tanga edi. Tanga 1725-1726 yillarda ishlab chiqarilgan va uning vazni 1, 6 kilogrammga teng bo’lgan.

10. Qachonlardir qadimda G’arbiy Yevropada yashagan kelt qabilalari birovdan pul qarz olsa, qarzini o’limidan keyin albatta qaytarishga va’da bergan.

11. Agar 1 sentlik tangalardan iborat 1 mln dollar taroziga qo’yilsa, 246 tonna vaznga ega bo’ladi.

12. Amerika qog’oz pullarining 75 foiz qismi paxtadan tashkil topgan.

13. Qadimiy Gretsiyada birovdan pul qarz olgan odam to qarzini to’lamaguncha bo’yniga maxsus tablichka osib yurishi shart bo’lgan.

14. Dunyo bo’yicha hisoblaganda, badavlat kishilar o’rtacha 60 yil umr ko’radi.

15. Dunyo miqyosida plastik kartochkalar 1949 yili o’ylab topilgan.

16. Saudiya Arabistonida shunday bank bor. Bu bankda faqat ayollar ishlaydi.

17. 1748 yili Lomonosov berilgan 2000 rubl miqdoridagi mukofot pulini uyga olib ketish uchun butun boshli arava yollagan ekan.

18. Peruda qalbaki pul yasash bilan ayblanib qamalganlar turmada ham qalbaki pul yasash bilan shug’ullanadi.

19. Alyaskada 19- asr boshida pulni toza teridan yasashgan.

20. O’n oltinchi asrda Venetsiya puli «gazeta» deb atalgan.

21. Qachonlardir pul o’rnida quritilgan baliq, kakao doni va choy muomalada bo’lgan.

22. Ilk bankomat 1937 yili paydo bo’lgan.

23. Qadimda Birmada pul o’rnida tuz muomalada bo’lgan.

24. 1999 yili Rumыniyada tangalar polimerdan tayyorlangan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…