KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Diqqat!

Ajoyib taklif!

Faqat oktyabrning oxirigacha «Mersedes S» avtomashinalari sotiladi.

Qariyalar hamda talabalar uchun o’n foiz chegirma mavjud.

 

* * *

 

Odam qadami yetmas orolga Kristina Orbakayte, Natasha Koroleva va Alsular tushib qolishdi. Yeyishga hech vaqo yo’q. Qayiq cho’kib ketgan… Faqat bittagina qo’l telefoni bor-u, u ham bir marta qo’ng’iroq qilinsa, o’chadi.

— Oyimga qo’ng’iroq qilish kerak, — dedi Kristina. — Meni qutqarib olish uchun u kishi hamma narsaga tayyor.

— Yo’-o’q, — Koroleva lablarini burdi. — mening Tarzanimga qo’ng’iroq qilamiz. U meni juda sevadi. Bizni albatta qidirib topadi.

Shunda Alsu gapga aralashdi.

— Yaxshisi, dadamga qo’ng’iroq qilib, bu yerdan katta neft koni topdik deb aytamiz. U yog’ini o’zi hal qilaveradi.

 

* * *

 

Tarbiya ko’rgan qiz yigitga:

— Yo’qol! Jonimga tegib ketding! — demaydi. Aksincha, muloyim ovozda shivirlaydi:

— Jonim! Sizdan homiladorman!

 

* * *

 

Ruhshunos huzurida.

— Do’xtir, har kecha bir xil tush ko’raman. Har kecha bir qiz bilan uchrashaman, birga sayr qilamiz, gaplashib o’tiraveramiz, o’tiraveramiz.

— Mendan nima istaysiz?

— O’sha qizni boshqasiga almashtirib bering!

 

* * *

 

Ikki kampir janjallashyapti:

— Jinni!

— O’zing jinni!

Qaerdandir bir qariya paydo bo’ldi-da, dedi:

— Janjallashmanglar! Ikkovlaring ham haqsizlar!

 

* * *

 

— Sizda uxlatadigan dori bormi?

— Bor.

— Qancha?

— Ellik dollar.

— Ie, u dorini ellik dollarga olsam, haqiqatan uxlab qolishimga ishonasizmi?

 

* * *

 

General nevara ko’rdi. Askarlardan ikki nafarini chaqaloqdan xabar olish uchun yuborib, ular qaytgach, so’radi:

— Xo’sh, nevaram qalay ekan? Kimga o’xsharkan?

— Juda yaxshi. Sizga quyib qo’yganday o’xsharkan.

— Bir boshidan, bir boshidan gapir!

— Xuddi sizga o’xshab kal, qorindor. Hech narsaga tushunmaydi. Baqirgani-baqirgan.

 

* * *

 

8 mart bayrami kuni o’g’il onasiga dedi:

— Oyi, men idish tovoqlarni yuvib qo’ydim.

— Yashavor, o’g’lim!

— Oyi, men polniyam yuvib qo’ydim.

— Barakalla, o’g’lim!

— Oyi, mushugimiz homilador.

— Yashavor, o’g’lim!

 

* * *

 

Xo’ppa semiz ayol katta yo’lni kesib o’tmoqchi bo’lganda, tez kelayotgan mashina uni turtib ketdi. Ayol haydovchiga baqira ketdi:

— Bezori! Yaramas! Aylanib o’tsang, o’larmiding?

— Opajon, sizni aylanib o’tishga benzinim yetmasdi.

 

* * *

 

Xaridor mashina bozorida sotuvchidan so’radi:

— Mashina yangimi ishqilib?

— Albatta. Ana, kuzov, motor, korobka, xullas, hammasi yap-yangi!

— Nega unda sotyapsiz?

— Bundanam yangirog’ini sotib olmoqchiman.

 

* * *

 

Kampir qishda askarni uchratib so’radi:

— O’g’lim, bu po’stinda sovuq yemaysanmi?

— Yo’q, buvijon. Po’stinim junli, axir!

Kampir o’sha askarni yozda uchratib qolib so’radi:

— O’g’lim, po’stinda isib ketmaysanmi?

— Yo’q, buvijon, po’stinimning astari yo’q.

 

KUN KULGISI…KUN KULGISI…KUN KULGISI…