Haqiqiy hangomaning bundan battari bo'lmaydi…

***

— Deraza oynasi bilan samolyot o’rtasida qanday umumiylik bor?

— Ikkovi bilan ham soqol olib bo’lmaydi.

***

General boshiga zontik tutib olgan postdagi askarga dedi:

— Men yomg’irdan qo’rqadigan askarni birinchi ko’rishim.

— Men qo’rqmayman. Zontigim bor.

***

— Rossiya armiyasida “Omad askari” degan yangi rota tashkil etilibdi!

— Ular nima ish qilarkan?

— Generalning tomorqasini ag’daradi.

***

Qariya engashib olgan besh yashar bolakaydan so’radi:

— O’g’lim, nega engashib olding?

— Men cholman.

— Ie, bu ahvolda qaerga ketasan?

— Pensiyaga.

***

Yoqilg’i quyish shohobchasida to’rt yashar bola otasidan so’radi:

— Agar mashina ko’p benzin yesa, bo’yi o’sib avtobus bo’lib qoladimi?

***

— O’g’lim, tug’ilgan kuningga nima sovg’a qilay?

— Ot, to’pponcha va to’rt kun yuvinmaslikni.

***

— Menga qara, nega birdan uchta do’ppib olding?

— Birini har kuni, ikkinchisini dam olish kunlari kiyaman.

— Uchinchisini-chi?

— Uchinchisimi?.. Qo’shnilarim alamidan kuyib o’lsin deyman-da!

***

Gadoy badavlat odamga dedi:

— O’g’lingiz bundan ham ko’proq sadaqa berardi.

— Ha, o’g’lim berishi mumkin. Chunki uning otasi boy.

***

Sudya erkakdan so’radi:

— Xotiningiz bilan nima sababdan ajrashmoqchisiz?

— Chunki bizning qiziqishlarimiz butkul turlicha. U erkaklar bilan, men esa, ayollar bilan qiziqaman.

***

Erkak 18-qavatdan tushib ketdi. Pastda bir bolakay va qizcha o’tirishardi. Bola kulsa, qizcha yig’lay boshladi. Shunda o’tkinchi so’radi:

— Bolakay, sen nega kulayapsan?

— Chunki anavi odam 18-qavatdan tushib ketdi. Ichaklari hamma yerga sochilib ketdi, xa-xa-xa!

— Qizcha, sen nega yig’layapsan?

— Men o’shani ko’rolmay qoldim.

***

O’g’il oshxonada idish-tovoq yuvayotgan otasidan so’radi:

— Dada, siz oyimning qo’lida necha yildan beri xizmatdasiz?

***

— Bolajonim, nega ovqatingni yemayapsan? O’zing bo’ridek ochman deganding-ku!

— Oyi, bo’rilar sabzi bilan oziqlanganini qachon ko’rgansiz?

Olimjon HAYIT

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit