* * *
Shahardagi qorong’i yerosti yo’lida manyak ayolning yo’lini to’sib dedi:
— Kiyimlaringni yech!
— Vay, uyalama-an!
— Uyalma, men sobiq ginekologman!
* * *
Botanika darsida. O’qituvchi o’quvchilardan olma teradigan yaxshi vaqt qachonligini so’radi.
Birinchi o’quvchi:
— Avgustda.
Ikkinchi o’quvchi:
— Sentyabrda.
Toshmat:
— Bog’dagi it zanjirga boylangan vaqtda.
* * *
Chukcha katta bir shaharga bordi. Qarasa, yuqoriga juda chiroyli soat ilib qo’yishibdi. Mahliyo bo’lib turgandi, bir erkak kelib undan so’radi:
— Yoqdimi?
— Yoqdi.
— Unda o’n ming dollar ber, sengayam xuddi shunaqa soat olib beraman.
Chukcha o’n ming dollar berdi. Erkak ketdi va qaytib kelmadi. Aldanganini sezib qolgan chukcha uyga kelib ukasiga bo’lgan voqeani aytib berdi.
Endi ukasi o’sha shaharga borib, soatga mahliyo bo’lib turdi. Oldiga yana o’sha erkak kelib so’radi:
— Yoqdimi?
— Yoqdi.
— O’n ming dollar ber, men hov anavi yoqdan sengayam xuddi shunaqa soat olib kelib beraman.
Chukcha o’n ming dollarni berdi-da, dedi:
— Chukcha ahmoq emas. Sen shu yerda turasan, men o’zim o’sha yoqdan soatni olib kelaman.
* * *
— Qizim, menimcha sen o’ylab ko’rmasdan turmushga chiqyapsan!
— Oyi, o’zingiz menga turmushga chiqish haqida o’ylashga hali erta deb aytgandingiz-ku!
* * *
— Onasi, o’g’limizga maktabda yaxshi baho olish sharti bilan pul bera boshlaganimizdan beri faqat a’loga o’qiydigan bo’lib qoldi-ya!
— Adashmasam, pullarni muallimi bilan arra qilayotganga o’xshaydi.
* * *
Mehmonxona xo’jayiniga mijozlardan biri dedi:
— Tushunmadim. Mehmonxona haqiga televizorniyam qo’shib qo’yibsiz. Xonada televizor yo’q-ku!
— To’ppa-to’g’ri. Biz televizor sotib olish uchun pul yig’yapmiz.
* * *
Yangi boyning xotini uy xizmatchisini ishga olayotib undan so’radi:
— Siz to’tiqushlarni yaxshi ko’rasizmi?
— Tashvish tortmang, opajon! Men ovqat tanlamayman!
* * *
Erkak tanishiga dedi:
— Qiz ko’ribsiz, tabriklayman!
— Rahmat.
— Qizingiz onasiga o’xshaydimi?
— Bilmadim, tili chiqsin-chi, ko’rarmiz!
* * *
Eshik qo’ng’irog’i jiringladi.
— Kechirasiz, men yangi basseyn uchun xayriya yig’ib yurgandim.
— Gap yo’q, hozir bir chelak suv olib chiqib beraman.
* * *
Besh yashar bolakay dadasidan so’radi:
— Dada, ichki ishtonimning qaeri oldi, qaeri orqasi?
— Senga yuz marta aytganman. Oq dog’li tomoni oldi. Sariq dog’lisi orqasi.
Olimjon HAYIT tayyorladi