Milliy telekanali Ramazon oyida «Umar ibn Xattob» tarixiy teleseriali namoyishini boshlaydi. Bu haqda UZ24’ning telekanaldagi ishonchli manbalari xabar qiladi.
Mazkur serial 2012 yilda qatarlik kinematograflar tomonidan Saudiya Arabistoni va Marokashda suratga olingan bo’lib, 30 qismdan iborat.
Unda xalifaning 18 yoshligi — 604 yildan boshlab voqealar hikoya qilinadi. Voqealar 644 yilgacha — hazrati Umar r.a.ning vafotiga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Serialda, shuningdek, uch xalifa Abu Bakr Siddiq, Usmon va Ali r.a.lar obrazlari ham gavdalantirilgan. Islom qoidalariga muvofiq, Muhammad s.a.v. ko’rsatilmagan.
Izohlarni ko`rish