Ikki nasroniy – Devid va Maykl – sahroda adashib qolibdi. Ochlik va tashnalikdan o’lay deganda birdan uzoqda masjid ko’rinibdi.
– Devid: «Maykl, kel o’zimizni musulmonga solamiz, shunda ular bizga taom va ichimlik berishadi, aks holda, ochlik va tashnalikdan halok bo’lamiz»,
«Mening ismim Ahmad bo’ladi, senchi, kim bo’lasan?».
– Maykl: «men rostini aytib qo’ya qolaman».
Masjidga yetib borishgach imom ularni iliqlik bilan kutib oldi va ismlarini so’radi.
– Devid: «mening ismim Ahmad».
– Maykl: «meniki Maykl».
– Imom yordamchilariga: «iltimos, Mayklga taom va suv keltiring», deya: Devidga o’girilib:
«Birodar Ahmad, Ramazon muborak!» degan ekan.
Manba: @Tafakkur3
Izohlarni ko`rish