BIR TUTAM KULGIM BOR, KULMAYSIZMI?..

***

— Yaxshi qiz, adashmasam, anchadan beri oq otdagi shahzodangizni kutayotgandingiz. To’g’rimi?

— Ha.

— Mana, men keldim.

— Shunaqami? Unda… Shahzoda qani?

***

Yangi tug’ilgan ikki egizak bahslashyapti.

— Men birinchi tug’ildim! Demak, men sendan kattaman!

— Hecham-da, sen shunchaki tashqari eshikka yaqin turganding xolos, men bo’lsam, yurakka yaqin joydaydim.

***

Erkak boshqa bir erkakka dedi:

— Ishoning, barcha ko’ngilsizliklar bir kun baribir barham topadi!

— Siz… Faylasufmisiz?

— Yo’q, men qabristonda go’rkov bo’lib ishlayman.

***

Birinchi sinf. Muallima o’quvchilarga dedi:

— O’quvchilar, qani, tez smartfonlaringni portfelga solib qo’yinglar! SMS yozishishni bas qilinglar! Bugun biz sizlar bilan “A” harfini o’rganamiz!

***

Muallima 5- sinf o’quvchilariga Keniya haqida gapirib beryapti. Shu tobda o’quvchilardan biri so’radi:

— Keniyada hamisha yoz faslimi? Boshqa fasl bo’lmaydimi?

— Ha, Keniyada faqat yoz hukm suradi.

— Vah, u yerlik bolalarga maza. Yil o’n ikki oy ta’tilda yurisharkan-da!

***

Beshinchi sinf o’quvchisi onasiga dedi:

— Kecha Eshmatni o’qituvchi maktabdan haydab soldi.

— Nega?

— Yuzini yuvmasdan borgan ekan.

— To’g’ri qilibdi haydab.

— Bugun bo’lsa, sinfdagilarning hammasi yuzini yuvmasdan darsga keldi.

***

Bolakay mashhur estrada yulduzining qo’shig’ini tinglab turdi-da, o’zicha g’udranib qo’ydi:

— Biz bog’chada shunga o’xshab baqirsak, tarbiyachi bizni koyib beradi.

***

Olti yashar shumlikka moyilroq qizcha otasiga dedi:

— Agar menga yuz dollar bersangiz, safarga ketganingizda oyim kechalari kim bilan birga uxlashini aytaman.

— Shunaqami? Ma senga yuz dollar! Xo’sh, oying men safardaligimda kechalari kim bilan uxlaydi?

— Men bilan.

***

Er ishdan qaytsa, xotini stol tuzab, aylanasiga 20 ta sham yoqib qo’yibdi.

— Ie, bugun kimningdir tug’ilgan kunimi deyman?

— Ha.

— Kimning?

— Paltoimning. Uni olib berganingizga bugun roppa-rosa 20 yil to’ldi.

***

— Bolajon, nega yig’layapsan?

— Oyim dadamni fil dedi. Dadam bo’lsa, oyimni tovuq deb aytdi.

— Nima qipti?

— Ie, unda men kimman?!

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit