* * *
Prokuror ayblanuvchi ayoldan so’radi:
— Xonim, siz eringizning ovqatiga tirik sichqonni solib zaharlamoqchi bo’lganingizda vijdoningiz qiynalmadimi?
— Qiynaldi. Yana ovqat suzib berishimni so’raganda.
* * *
— O’g’lim, onang ikkovimiz senga sovg’a tayyorlab qo’ydik! Bahorda sen ukali bo’lasan!!!
— Uf-f, yana anavi ahmoq turmadan chiqayaptimi?
* * *
Imtihon topshirayotgan erkakdan DAN xodimi so’radi:
— Uchburchakning ichiga sigir surati tushirilgan belgi nimani anglatadi?
— Yo’lda hayvon turganini anglatadi.
— Bu belgi qaerlarga o’rnatiladi?
— DAN xodimlari turgan yerdan yuz metr nariga o’rnatiladi.
* * *
— Allo, iltimos, meni xotinim bilan bog’lang!
— Xotiningizning raqami qaysi?
— Men shayxmidimki, xotinimni raqamlab qo’ysam!?.
* * *
Erkak yo’l chetida «Zaporojes»iga signalizatsiya o’rnatardi. Yangi boy «Kaptiva»da keldi-da, undan so’radi:
— Oshna, nega shu matohga signalizatsiya o’rnatyapsan? O’g’irlab qochishlaridan qo’rqasanmi?
— Vey, o’g’irlashsa, sening anavi mashinangni o’g’irlashadi. Menikini esa hojatxonaga aylantirib qo’yishyapti dayuslar!
* * *
Sudya:
— Guvoh, siz hozir bizga o’z ko’zingiz bilan ko’rganlaringiznigina aytishingiz kerak bo’ladi!
— Tushunarli.
— Xo’sh, qaysi yili tug’ilgansiz?
— Kechirasiz-u, aytolmayman. Bu jarayonni ko’rmaganman.
* * *
Erkakni qo’l-oyoqlari singan holda travmatologiya bo’limiga olib kelishdi. Vrach undan so’radi:
— Bemor, nima bo’ldi? Avtohalokatga uchradingizmi?
— Yo’q… Shkafning ichida… ligimda aksirib yuboruvdim.
* * *
Qizlarni bo’lg’usi qalliq bilan tanishtirmoqchi bo’lishganda, turli yoshdagi qizlar turlicha savolni ko’ndalang qo’yisharkan.
18 yoshli qiz:
— Kelishganginami o’sha aytganingiz o’zi?
25 yoshli qiz:
— Yaxshi yigitmikan o’zi?
Yoshi 30 dan o’tgan qiz:
— Qani o’zi qalliq?
* * *
Boyvachchaning qizi bilan anchadan beri uchrashib yurgan yigit kelib dedi:
— Qizingiz hozirgina men bilan turmush qurishga rozi ekanini aytdi.
— O’zing aybdorsan! Har kuni uning peshonasiga qiyshayvolib kelavermasliging kerak edi.
* * *
Gul bozorida kampir o’tib ketayotgan yigitni to’xtatib dedi:
— Manavi gullarni sotib oling, bolam!
— Kerakmas.
— Voy, kelinga oborasiz, xursand bo’ladi!
— Kelin yo’q menda. Arazlab oyisinikiga ketib qolgan.
— Shu gullarni sotvolib qo’liga tutqazsangiz, albatta qaytib keladi.
— Xudo ko’rsatmasin!
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit