Chiroyli archa — yangi yil bayramining asosiy ramzlardan biri hisoblanadi. Bugun ko’pchilik toshkentliklarni archa narx navolari hayratga solmoqda. Sputnik muxbirlari bozorlardagi narxlarni o’rganib chiqishdi.
Afsuski, bu yilgi archa narxlari hursand qilmadi. Ayniqsa, archani to’liq almashtirishga qaror qilgan kishilarga juda qimmatga tushadi. Eng kichik 35 sm archa narxi 40 ming so’m. To’g’risini aytganda, uning ko’rinishi uncha chiroyli emas. Shaharning turli bozorlarida balandrog’i va chiroylirog’i 1,2 metrli archa narxi 180-250 ming so’m. 1,5 metrli — 250-300 ming, 2 metrli esa 350-450 ming so’m turadi. Savdo markazlarda yanada qimmatroq.
Sotuvchilar o’zlari «bu yil archalar dam olishyapti» — deb aytishmoqda. Ularga talab uncha katta emas. Barcha archalar respublikaga Xitoydan olib kelinadi. Shuning uchun barcha harajatlar inobatga olinadi.
Eng arzon archalar «O’rikzor» bozorida. Masalan, 1,2 metrli archani 160 ming so’mga sotib olsa bo’ladi. Biroq, bozordan chiqib olish uchun taksi harajati bilan ushbu archa narxi 180 ming so’mga aylanadi. Bu narxga uyingiz oldida ham sotib olishingiz mumkin.
Umuman olganda, archa va uning o’yinchoqlari bilan to’liq sotib olish zarurati bo’lsa, eng yaxshisi «O’rikzor» bozoriga borish kerak. Agarda shunchalik o’yinchoq va bezaklar sotib olmoqchi bo’lsangiz, ularni uyingiz oldidagi do’konlarda topsa bo’ladi. Deyarli barcha do’konlar bu mahsulotlar bilan to’lgan. Bundan tashqari, tuman hokimiyatlari joylarda yangi yil yarmarkalarini tashkil etish bo’yicha taraddud ko’rishgan. To’g’risi ularda tanlash imkoniyati kam, lekin narxlar juda qulay.
Bir nechta bozorlarni aylanib ko’rganimizda, shaharliklar uncha ham ko’p archa o’yichoqlarini sotib olishmayotganligini ko’rdik. O’tgan yildan farqli o’laroq turli o’lchamli va rangda plastmassali shar uyinchoqlari narxlari 1,5 baravarga ko’paygan. O’tgan yili o’rta kattalikdagi sharlarni 15-18 ming so’mga sotib olish mumkin bo’lsa, bu yilda ularning narxi 22-25 ming so’m atrofida
Afsuski shisha o’yinchoqlar juda kam. Ular tarixda qolmoqda shekilli. Sotuvchilar aytishlariga qaraganda, ularni tashishda o’ziga yarasha qiyinchiliklar bor, shuning uchun sotuvchilar shishali o’yinchoqlar bilan savdo qilishni yoqtirmaydilar.
Shisha o’yinchoqlar 40 ming so’mdan boshlanadi. Lekin ushbu o’yinchoqlarda bir ajoyib xususiyati bor — bu noyob bezak. Odatda plastmassali o’yinchoqlar bir rangda bo’yalgan bo’ladi, lekin shakli jihatidan farqlanadi. Bu yerda hamma o’z xohlaganini sotib olishi mumkin.
Bu yil eng arzon elektr archa bezaklari kamida 15 ming so’mni tashkil qiladi. O’tgan yili bunday bezaklar 7 ming so’m bo’lgan. Turli xildagi archa bezaklari hamma yerda deyarli bir xil — 5 ming so’m, yomg’ir esa 1 ming so’m.
Archa tepasiga o’rnatiladigan yulduz narxi o’zgarmagan — 6,5 ming so’mdan 15 ming so’mgacha. Avvalgidek, ushbu bezak an’anaviy yulduz shaklida. Konus shaklida ham bor, lekin haridorlar ularni kamroq sotib olashadi.
Bu yil deyarli barcha bozorlarda sun’iy archa barglaridan yasalgan yangi yil gulchambarlari sotilmoqda. Bu Toshkentga G’arbdan kelgan yangilik hisoblanadi. Ularning narxi 35 ming so’m va undan qimmat.
Oxir oqibat, bu yil bizning tanlovimiz aynan shunday kichik bo’lsa ham tirik archalar bo’ldi. Archani bezatish uchun 10 ming so’mga kichkina o’yinchoqlarini sotib oldik. Natijada yangi yil archasi bizga 74 ming so’mga tushdi.
manba: sputnik