BIR TUTAM KULGIM BOR, KULMAYSIZMI?..

 

***

Er xotini bilan janjallashib qolib, ko’ch-ko’ronini yig’ishtirdi-da, ketish oldidan dedi:

— Men albatta kosmonavtlikka o’qiyman. Sen bilan yashagandan ko’ra meteoritlara urilib o’lganim yaxshi.

Oradan bir daqiqa o’tar-o’tmas, qaytib kirib dedi:

— Omading bor ekan! Tashqarida jala quyyapti.

***

Xotin:

— Jonim, nega menga xiyonat qilyapsiz-a?

Er:

— Ie, unda sening hammadan yaxshi ekaningni qanday aniqlayman?

***

Xotin yarim tunda erini turtib uyg’otdi va so’radi:

— Nega baqiryapsiz? Tinchlikmi?

— Ozodaxon suvga cho’kib ketdi.

— Kim u Ozoda?

— E, sen tanimaysan. Men u bilan tushimda tanishdim.

***

— Onasi, negadir ustaram o’tmaslashib qolibdimi?

— Voy, boya sholchani tuppa-tuzuk kesgandi-ku!

***

Er safardan qaytgach, xotinidan so’radi:

— Itimning ahvoli qalay?

— Itingiz o’lib qoldi.

— E, sal madaniyroq qilib ayta olasanmi o’zi? Masalan, it og’ilxonada o’tiribdi deyish mumkin-ku!.. Ha, mayli, onamning ahvoli qalay?

— Onangiz og’ilxonada o’tiribdi.

***

Yosh er-xotinlar aravachada chaqalog’ini yetaklab yurib uning kelajagi to’g’risida gaplashishyapti.

Xotin: — U buyuk musiqachi bo’ladi.

Er: — Yo’q, u mashhur olim, akademik bo’ladi!

Shu payt aravachadagi chaqaloq tilga kirdi:

— Qanaqa akademik? Akademikning oyligiga yashab bo’larkanmi hozir?!.

***

— Og’aynilar, menga ikkita yangilik bor. Biri yaxshi, biri yomon.

— Yaxshisidan boshla!

— Yangi tashkil etilgan gazetamizga homiy topildi.

— Ura!.. Endi yomonini ayt-chi!

— Hozircha uning puli yo’q ekan.

***

— Yaqinda biz tomonda zo’r voqea bo’ldi. Kelinni to’ydan so’ng to’ppa-to’g’ri tug’ruqxonaga olib ketishdi.

— E, bu nima bo’pti. Mana biz tarafda hayratlanarli voqea bo’lgan. Kuyovni to’ydan so’ng boshqa to’yga olib ketishgan.

***

Militsioner o’rtacha tezlikda kelayotgan mashinani to’xtatib haydovchidan so’radi:

— Xo’sh, nega qoidani buzdingiz?

— Yo’g’-e… Nima qilib buzibman qoidani?

— Manavi ruchkani ko’kartirib bering, aytaman!

***

Haddan ziyod semirib ketgan xotin eriga dedi:

— Kecha mehmondorchilikda chiroyli qizlardan sira ko’z uzmadingiz!

— Men ularga san’at asari sifatida qaradim, xotin.

— Bilib qo’ying, siz uchun san’at asari faqat men bo’lishim lozim.

— To’g’ri, lekin seni restavratsiya qilish kerak-da oldin!

***

Muallima o’quvchidan so’radi:

— Toshmatboy, nega o’tgan kuni maktabga kelmading?

— Oyim ko’ylagimni yuvib qo’ygandi. Kiyishga boshqa ko’ylagim yo’q edi.

— Unda nega kecha kelmading?

— Kelayotgandim. Qarasam, sizning ko’ylagingiz ham dorga ilib qo’yilibdi. Maktabga kelmasangiz kerak deb orqaga qayta qoldim.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit