1. Toshbaqalarning umr ko’rish darajasi ham odamlarnikiga o’xshaydi. Ularning ba’zilari 100 va undan ortiq umr ko’radi.
2. Qizilishton daraxtni teshish uchun soniyasiga 25 ta zarba yo’llaydi.
3. Kengurusifat kalamushlar umuman suv ichmaydi.
4. Ba’zi mushuklarning odamga allergiyasi bor.
5. Echki suti tarkibidagi yog’ sigir sutidagiga nisbatan 5 karra oz. Shuning uchun sigir suti organizmga bir soatda singsa, echki suti 20 daqiqada singib ulguradi.
6. Begemotning eni bo’yi bilan bab-barobar bo’ladi.
7. Sut emizuvchilar qoni qizil, qumursqalarning qoni sariq, qisqichbaqalar qoni esa ko’k rangda bo’ladi.
8. Yangi tug’ilgan fil bolasi 100 kilogramm vaznga ega bo’ladi.
9. Urg’ochi filning homiladorlik vaqti 22 oydan iborat.
10. Tug’ilganiga ikki kungina bo’lgan kiyik bolasi soatiga 95 kilometr tezlikda chopa oladi.
kadronline. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit