BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Sudya guvoh ayoldan so’radi:

— Yoshingiz nechada?

— Hisoblab ko’rish kerak. Turmushga chiqqanimda yigirmada edim. Erimning yoshi esa qirqda edi. Demak, men undan ikki baravar kichik bo’lganman. Hozir erim yetmishda. Bundan chiqdi men o’ttiz besh yoshda ekanman.

 

* * *

 

— Jonim, dadamdan turmush qurishimizga ruxsat so’radingizmi?

— Ha, unga qo’ng’iroq qildim.

— Nima dedi?

— «Kimligingizni bilmadim-u, lekin roziman!» dedi.

 

* * *

 

Ikki juhud uchrashib qolishdi.

— Ishonasanmi, qallig’im menga o’zim sovg’a qilgan nikoh uzugini qaytarib berdi. Endi boshqa yigitga turmushga chiqyapti. Eh, o’sha yigitning kimligini, qaerda yashashini aniqlasaydim!..

— Nima, mushtlashmoqchimisan?

— E, yo’-o’q!.. Nikoh uzugini unga sotmoqchiman.

 

* * *

 

Yangi kelin kuyovga dedi:

— Nuqul dadam bilan qarta o’ynaganingiz o’ynagan-a!.. Ora-sirada hech bo’lmasa, bir marta men tomongayam qarab qo’ysangiz, kamayib qolasizmi?

— Menga qara, biz dadangnikiga bekorga kelganimiz yo’q-ku, axir!.. Senga qarayversam, mashinaga pulni qanday yig’ib olamiz?

 

* * *

 

Yuz yoshga to’lgan kampir o’zining davolovchi vrachiga dedi:

— Eh, Sultonboy, sizga shu qadar o’rganib qolgandim… Mabodo… O’lib-netib qolsangiz, meni kim davolarkan-a?..

 

* * *

 

Buvi jajji nevarasidan so’radi:

— Deraza oynasini kim sindirdi?

— Oyim. Lekin dadam aybdor.

— Nega?

— Oyim kapgirni dadamga qarab otganda u engashib qoldi.

 

* * *

 

— Oyi, rostdan ham odamlar maymundan tarqaganmi?

— Ha.

— Shuning uchun ham maymunlar kamayib ketayotgan ekan-da!

 

* * *

 

Vrach bemordan so’radi:

— Uxlashdan oldin 280354 gacha sanashni maslahat bergandim. Amal qildingizmi?

— Albatta.

— Xo’sh, foyda berdimi?

— Bilmadim. Tong otib qoldi.

 

* * *

 

Bir kuni chukchaga do’stlari yangi yil sovg’asi sifatida mandarin va qizil ikra jo’natishdi. Chukcha ularga javob yozdi:

— Sovg’ani oldim, rahmat! Mandarinni maza qilib yedik! Lekin anavi qizil mevalaringni tashlab yubordim. Baliq hidi urib qolgan ekan!

 

* * *

 

Xotin eridan so’radi:

— Dadasi, men bilan dunyoning narigi chetiga bo’lsa ham ketarmidingiz?

— Albatta. Biz sen bilan yorug’lik tezligida ketardik. Tasavvur qil, qaytganimizda uyimiz ta’mirlab bo’lingan, bolalar katta bo’lib qolishgan… Onang esa yo’q bo’ladi!