BI-IR KULIShMAYMIZMI, USTA BOBO?.

.

***

 

— Og’ayni, qara, qizimga musiqa maktabiga borar, chalishni o’rganar deb skripka olib bersam, foydasi bo’lmadi. Skripka sho’rlik uyda haliyam chang bosib yotibdi.

— E, men bo’lsam, ketarmikan tezroq deb qaynonamga yangi jomadon olib bergandim. Baribir ketmadi.

 

***

 

Maxluqlar och qolishgach, tulki ularga taklif kiritdi:

— Kelinglar, kimning og’zi kichik bo’lsa, o’shani yeb qo’ya qolamiz, to’g’rimi, tipratikon?!

— Ha-a-a-a-a!

 

***

 

Kuyov qaynonasining dafn marosimidan qaytib kelayotgandi, darvozadan o’tar-o’tmas, boshiga muz kelib tushdi.

— Xudoyim!.. Bu yaramas qaynonam allaqachon uyoqdami deyman?

 

***

 

Yigit qizni to’xtatib so’radi:

— Nega ko’ylagingiz oppoq?

Qiz ikki qo’lini ko’tarib dedi:

—   Asiringizman!

 

***

 

— Oyi, manavi maymunni sotib olaylik!

— Ie, biz uni nima bilan boqamiz?

— Mana, yozib qo’yishibdi: “Hayvonlarga ovqat berish qat’iyan taqiqlanadi!”

 

***

 

— Istaysanmi, oting nimaligini topaman? Istaysanmi? Istaysanmi?

— Hoy yigit, iltimos, Mavzoleydan chiqib keting!..

 

***

 

— Sen ishchimisan? Qo’lingdan nima keladi?

— Yer chopaman.

— Yana nima?

— Chopmaslik ham qo’limdan keladi.

 

***

 

— O’rtoq militsioner, biz killerni qo’lga tushirdik!

— Buyoqqa olib keling!

— Iloji yo’q, u bizni mahkam ushlab turibdi.

 

***

 

— Bolaginam, o’zimning quyoncham, uyg’onaqol!

— Yo’q, men bugun baliqman. Oyoqlarim yo’q, shuning uchun bog’chaga bora olmayman.

 

***

 

Ayol psixiatrdan so’radi:

— Men tug’ishni istayman, ammo erim istamayapti. Nima qilay?

— Tug’avering, eringiz tug’masa-tug’mas!

loading…