* * *
Gazmol do’koniga kelishgan bir qiz kirib sotuvchi yigitdan so’radi:
— Manavi mato qancha turadi?
— Bir metri bir bo’sa, jonidan!
— Unda menga o’n metr bering. Pulini buvijonimdan olasiz!
* * *
— Iltimos, bir kilo sut bering!
— Biz sutni kilolab sotmaymiz.
— Unda yetmish santimetr bering!
* * *
Ikki erkak hayot haqida suhbatlashyapti:
— Menga qara, xotining halol ayolmi?
— Shunday bo’lsa kerak. Mana, to’rt yildan beri birga yashayapmiz, hozircha uyda hech narsa yo’qolib qolgani yo’q.
* * *
Dala hovli. Ona ko’chaga chiqsa, o’g’ilchasi og’ziga chuvalchang solyapti.
— Hoy, yema uni! Uni yeb bo’lmaydi!
— Nega?
— Onasi uyidan chiqsa, bolasini topolmay yig’laydi.
— Yig’lamaydi.
— Sen qaerdan bilasan?
— Chunki, onasini yeb bo’lganman.
* * *
Juhud ayol farzandini vrach huzuriga olib kelib dedi:
— Do’xtir, ko’ring-chi, bolamga nima bo’ldi ekan! Uch yoshga qarab ketyapti, haliyam skripka chalishni bilmaydi-ya!
* * *
Yigit ijaraga kvartira oldi. Yangi uy bekasiga yanada ko’proq yoqish uchun dedi:
— Avvalgi kvartiramdan chiqib ketayotganimda, uy bekasi rosa yig’lagandi.
— Hechqisi yo’q, Siz menga ijara haqini oldindan to’lab qo’yasiz.
* * *
It (bokser) balkonda turgan ovcharkani ko’rib dedi:
— Yur, birga sayr qilamiz!
— Ilojim yo’q. Meni qamab ketishgan.
— Sen balkondan pastga sakra!
— Ho, basharam senikiga o’xshab qolsinmi?!.
* * *
Qariya qo’shnisiga hasrat qilyapti:
— Ilgari erkaklar ayolni ko’rsa, bosh kiyimini yechardi. Endi bo’lsa, qulog’idan ashula eshitadigan simni yechadigan bo’lishibdi.
* * *
Talaba leksiyaga kechikib keldi. Professor undan so’radi:
— Nega darsga kech qoldingiz?
— Uxlab qolibman.
— Ie, hali uydayam uxlaysizmi!!!
* * *
Muxbir qariyadan intervyu olyapti.
— Mana, siz katta bir tashkilotda qorovul ekansiz. O’zingizning alohida irimlaringiz bo’lsa kerak-a?
— Ha, bor.
— Qanaqa irim?
— Masalan, daryoni ko’ryapsanmi?
— Ko’ryapman.
— Agar daryoning narigi sohilini bemalol ko’ra olsam, demak, yomg’ir yog’adi.
— Ko’rmasangiz-chi?
— Yomg’ir allaqachon boshlangan bo’ladi.
loading…