* * *
Besh yashar bolakay otasidan so’radi:
— Dada, siz quyondan qo’rqasizmi?
— Yo’q, albatta. Bu gapni qaerdan olding?
— Unda nega ovga ketayotib har safar o’zingiz bilan miltiq, it olvolasiz?
* * *
Ona qizidan so’radi:
— Rostdanam homiladormisan, qizim?
— Ha, vrach shunday dedi.
— Kimdan homilador bo’libsan, ahmoq qiz?
— Bilmadim, vrach bunisini aytmadi.
* * *
Juhud do’stidan so’radi:
— Og’ayni, kasalmisan deyman?
— Yo’q.
— Unda nega qatorasiga dori ichyapsan?
— Saqlanish muddati tugab qolyapti ekan. Uvol bo’lmasin deyman-da.
* * *
— Havo sovib ketsa, chukcha qanday yo’l tutadi?
— Qora uyining eshigini yopadi-da, sham oldiga kelib o’tiradi.
— Havo haddan ziyod sovib ketsa-chi?
— Shamni yoqib qo’yadi.
* * *
— Vey, nega gazetani qirqyapsan?
— Xotini cho’ntagini kovlaydigan erkakning ajrashib ketgani haqida yaxshi xabar bor ekan.
— Nima qilasan uni?
— Cho’ntagimga solib qo’yaman.
* * *
Amerikalik kinoyulduz dugonasiga dedi:
— Ishonasanmi, Garriga turmushga chiqishni ma’lum muddatga qoldirib turmoqchiman.
— Nimaga?
— Fredga turmushga chiqyapman.
* * *
Qorong’i va kimsasiz ko’chada erkak boshqa bir erkakning yo’lini to’sib so’radi:
— Aytolmaysizmi, shu yaqin orada militsiya xodimini ko’rmadingizmi?
— Yo’q.
— Unda paltoni yech, ovsar!
* * *
O’quv yili oxiri. Beshinchi sinfda o’qiydigan bola uyga keldi-da, otasiga dedi:
— Otajon, siz baxtlisiz! Judayam baxtlisiz!
— Nega men baxtli bo’larkanman, o’g’lim?
— Kelasi o’quv yilida kitoblar sotib olmaydigan bo’ldingiz. Meni beshinchi sinfda qoldirishdi.
loading…