SAHRO BURGUTI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Sahro burguti asosan mayda jonivorlar, ba’zida qumursqalar bilan oziqlanadi. O’ljasiga ko’zi tushgach, ayyorlik yo’liga o’tadi. Ya’ni, u asta yerga qo’nib o’zini xuddi tovuqdek beozor tutib turadi-yu, kutilmaganda o’ljaga tashlanadi.
2. Sahro burgutining erkagi hayotda tuxum bosib yotmaydi. Bu ishni tabiat qonuniga ko’ra urg’ochisi ado etadi. Erkagi ov qilib, poloponlarni va onasini boqadi.
3. Uning ini 1 metrli diametrga ega.
4. O’ljasini osmonda quvlash jarayonida sahro burguti soatiga 300 km tezlikda uchadi.
5. Dam olgisi kelganda umuman qanot qoqmasdan, soatlab havoda muallaq turib qoladi.
6. Ko’p holatlarda sahro burguti yuqori voltli tok o’tgan simlarga bilmasdan qo’nadi va tok urish oqibatida halok bo’ladi.
7. Sahro burguti o’rtacha 40-50 yil umr ko’radi.
8. Sahro burguti juftni bir marta bir umrga tanlaydi. Ammo jufti o’lim topsa, yolg’iz ham yashamaydi. Yangi juftlik topadi.
9. Bu burgutning ko’zlaridagi his etish to’qimalari odamnikidan 5 karra ko’proq. Shu jihati uni o’tkir ko’zli bo’lishiga sababchi.
10. Sahro burguti ikki kilometr yuqoridan turib ham yerda yurgan mayda jonivorlarni ko’ra oladi. Ko’rgani hamono katta tezlikda pastga sho’ng’ib o’ljasini tutib yeydi.
11. Yemish topa olmay qolsa, topish uchun imkon va variant bo’lmasa, sahro burguti vaqtincha o’laksa yeb ham kun ko’radi.
12. Sahro burguti asosan Rossiya, Qozog’iston, Xitoy va Mo’g’ulistonda umr kechiradi.
13. Afsuski, mutasaddilarning sa’y-harakatlariga qaramay, sahro burgutlari ayni paytda butkul qirilish pallasida turibdi.
14. Sahro burgutining yangi tug’ilgan poloponi ikki oylikdanoq uchishni mashq qila boshlaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…