Toshkentdagi “Damas” yo’nalishli taksida ajoyib jumlalarni ko’rib qoldim. Siz ham bir o’qib ko’ring-a! Kulaverib ichagingiz uzilmasa, men kafil! Demak:
“DAMAS” MARShRUTKASI SALONIDAGI BITIKLAR:
— Elga xizmat-Oliy himmat,
“Damas” avtobusdan sal qimmat.
— “Malibu” minib qizlarga yoqqandan,
“Damas” minib oila boqqan yaxshi.
— Yoqtirgan insoningiz bilan urishib qolgan bo’lsangiz, “Damas”ning eshigida nima ayb?
— Telefonda bemalol baqirib, o’zaro gaplashib ketavering! Sizga bo’laveradi.
— “Damas”ga konduktor kerak emas.
— ILTIMOS, EShIK OLDINI BAND QILMANG!
— O’zini bilib orqa o’rindiqqa o’tvolganlarning ota-onasiga ming rahmat!
— Iltimos, yoshi katta va homilador ayollarga o’rta o’rindiqdan joy bering!
“PASATKA” 1500 SO’M!!!
Izohlarni ko`rish