BILASIZMI?..

 

 

NEGA SOChLARIMIZ OQARADI?..

 

Hozirgi kunda bu savol ko’pchilikni o’ylantirishi aniq. Odamlarning aksariyati soch oqarishini qon surishi, ya’ni, avloddan avlodga o’tishi bilan bog’laydi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, yevropaliklarning sochi erta oqararkan. Hindlarning esa o’rtacha 70-75 yoshdagina sochi oqaradi. Tibbiyotchilar ham bu masalada allaqachon o’z xulosalarini e’lon qilib ulgurishgan. Ularning aytishicha, odamning sochi stresslar, markaziy asab tizimining ojizlashuvi tufayli oqarish pallasiga kirarkan. Bundan tashqari, organizmdagi moddalar almashinuv jarayoni izdan chiqsa, jinsiy a’zolarda jiddiy muammolar yuzaga kelsa ham bu sochlarni oqartiradi. Qolaversa, noto’g’ri ovqatlanish, kashandalik, piyonistalik, narkomanlik ham sochlarga-da salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Sochlar erta oqarib ketishiga organizmda tirozin moddasi yetishmasligi ham sabab bo’ladi. Sochlar ildiz qismida rang uchun javobgar hisoblangan melanin moddasi paydo bo’lsa, ularning qay rangda bo’lishi, qachon oqarishi ham o’sha moddaning miqdori va sifati bilan bog’liq hisoblanadi. U soch hosil qiluvchi to’qimalar bilan bog’lanib, soch oqarishiga olib keladi. Bundan tashqari, odamning soch to’qimalari o’zidan vodorod periksidi ishlab chiqaradi. Yosh ulg’aygan sari vodorod periksidi miqdori ko’paya boradi. Ko’ribsizki, xuddi shu narsa sochlar rangini yo’qqa chiqaradi. Natijada sochlar oqaradi. Ularni hech kim hech qachon boshqa rangga kirita olmaydi.

Olimlar yana bir qiziqarli ma’lumotni oshkor etishdi. Hayotda birinchi bo’lib qora sochlilar, keyin malla, och jigarrangli sochlar, oxirida sarg’ish rang sochlar oqararkan.

BILASIZMI?..BILASIZMI?..BILASIZMI?..