* * *

Psixiatr bemordan so’radi:

— Mushuk ekanligingiz haqidagi xayol qachon miyangizga keldi?

— Mushukchaligimda.

* * *

Militsiya bo’limidan erkakka qo’ng’iroq qilishdi.

— Allo! Xotiningiz avtohalokatga uchrabdi! Siz zudlik bilan o’likxonaga kelib bu ayol xotiningiz ekanligi yo begonaligini aniqlab berishingiz kerak!

— Menga qarang, hozir juda ishim ko’p. Yaxshisi «Feysbukka» suratini joylashtiringlar! Agar xotinim bo’lsa, «layk»ni bosaman!

* * *

Erkak katta ko’chada o’tkinchidan so’radi:

— Militsiya bo’limiga qanday qilib borsa bo’ladi? Aytolmaysizmi?

— Bajonidil. Hov anavi gazeta budkasini ko’rdingizmi?

— Ha.

— O’shaning oynasiga bir marta tosh oting, uzog’i bilan yarim soat ichida militsiya bo’limida bo’lasiz.

* * *

Sudya sudlanuvchidan so’radi:

— Nega begona odamning kvartirasi eshigi ostiga axlat sochib tashladingiz?

— Men rassomman. Dunyoni qanday bo’lsa, shundayligicha ko’raman.

* * *

Qiz militsionerga turmushga chiqdi. Dugonasi ertasi kuni uni ko’rishga kelib so’radi:

— Nega ko’zing ko’karib ketibdi?

— E, kecha erimga axlat to’la idishni tutqazib, «axlatni axlatxonaga tashlab keling!», degandim. Uyog’ini o’zing topib olaver!

***

Evreydan so’rashdi:

— Mana, topish-tutishingiz hammanikidan yaxshi. Nega o’zingizga mashina sotib olmaysiz?

— Mashinani boshimga uramanmi? Ahvolim ja yaxshilanib ketsa, militsiya mashinasida olib yuradi, ahvolim yomonlashib qolsa, «Tez yordam» mashinasi olib ketadi.

* * *

Ozish uchun ko’p vaqt parhezda yurgan ayol dugonasiga dedi:

— Parhezni yig’ishtirmasam bo’lmaydiganga o’xshaydi.

— Nega?

— Ishonasanmi, ilgari salat ichida suvarak ko’rib qolsam, aftimni bujmaytirib, ko’nglim aynib, «Fu-u, sassiq, beo’xshovligini!» derdim-u, o’rnimdan turib ketardim. Endi esa salat ichida suvarak ko’rib qolsam, «Hoy, qayoqqa?» deydigan bo’lib qoldim.

* * *

Hayvonot bog’idan fil qochib ketgandi. Bir kuni olis qishloqda yashaydigan erkak erta tongda derazadan tashqariga qarasa, tomorqada fil karam yeyapti. Darhol qutqaruv xizmatiga sim qoqib dedi:

— Iltimos, tez kelinglar! Mening tomorqamda judayam kattakon sichqon dumi bilan karam uzyapti!

— Karamni keyin qaerga tashlayapti?

— Bilasizmi… Men jon deb aytardim-u, ammo sizlar baribir ishonmaysizlar!

* * *

Dev yevreyga dedi:

— Oshna, senga juda muhim taklifim bor. Ruhingni menga sot!

— Mendayam senga juda-juda muhim taklif bor.

— Ayt.

— Ruhimni, yaxshisi, ijaraga olaqol!

* * *

Tug’ruqxonada. Hamshira eshik ortida bezovtalanayotgan erkakka dedi:

— Aka, suyunchi bering! Uch egizakli bo’ldingiz! Sakrang! Sakray qoling!

— Sakray? Q-qanaqasiga? Foydasi bo’larmikan? Men, axir, birinchi qavatda yashayman!

Olimjon HAYIT tayyorladi