Olti yoshli bolakay ayolga dedi:
— Xolajon, manavi konfetlardan yeng!
— Voy, rahmat bolajonim, rahmat!
— Xo’sh, mazali ekanmi?
— Judayam.
— Qiziq, shu konfetlarni itim bilan mushugimga bergandim, tuflab tashlashdi.
* * *
Muallima birinchi sinf o’quvchisidan so’radi:
— Eshmatvoy, ulg’aysang kim bo’lasan?
— Genaral bo’laman.
— Ie, urush bo’lsa-yu, seni dushman otib qo’ysa-chi?
— Unda dushman bo’laman.
* * *
Er xotini bilan uzoq vaqt bahslashdi. Oxiri joniga tegib dedi:
— Bo’pti, seniki ma’qul!
Xotin:
— Yo’q, men fikrimni o’zgartirdim.
* * *
Ikki erkak restoranda o’tiribdi. Biri ikkinchisidan so’radi:
— Qiziq, restoran ko’rinishidan tuppa-tuzukka o’xshaydi. Nega «Qaroqchi» deb nomlashibdiykin-a?
— Hisob-kitob qog’ozini olib kelishsin, o’zing ko’rasan!
* * *
Qiz kasalxonaga sevgan yigitini ko’rish uchun keldi. Qarasa, palata eshigi yonida oq xalat kiygan bir ayol turibdi. Sir boy bermaslik uchun asta so’radi:
— Men bemorni ko’rib chiqsam bo’ladimi?
— Kimi bo’lasiz?
— Singlisi.
— Voy, tanishganimdan xursandman. Men bemorning onasi bo’laman.
* * *
Armiya safiga chaqirish mavsumi. Psixiatr huzuriga bir yigit atayin telba qiyofasida, go’yo o’zini mototsikl qilib ko’rsatish uchun bor ovozda baqirib kirdi.
— Drin, dri-in! Dri-in! Mototsiklni qaerga qo’yaylik, do’xtir?
Psixiatr:
— Ana, burchakda mening mototsiklim turibdi, o’sha yerga qo’ya qoling!
* * *
Birinchi sinf o’quvchilarining suhbatidan.
— Qachon men uyga kech qaytsam, dadam kamar bilan savalaydi.
— Mening dadam esa savalamaydi.
— Nega?
— Endi kamarini yechib olaman deganda, shimi tushib ketadi. Shunda oyim: «Voy, bolaginam, boraqol, yana birpas o’ynab kelgin!» deb meni chiqarib yuboradi.
* * *
Vatson Sherlok Xolmsdan so’radi:
— Xolms, nega uylanmagansiz?
— Qo’rqaman.
— Nimadan?
— Tasavvur qiling, uyda divanda yonboshlagancha gazeta o’qib yotibsiz. Eshik ortida xotiningizning baqirgani, sal naridan itingizning vovillagani eshitildi. Xo’sh, kimni oldin ichkariga kiritish kerak?
— Xotiningizni-da!
— Yo’q, itni.
— Nega?
— Chunki it ichkariga kirgach, vovillashdan to’xtaydi.
* * *
O’g’ridan tanishi so’radi:
— Nega poyma poy botinka kiyib olibsan?
— Do’kondorlar ahmoq. Ular peshtaxtaga botinkaning bir poydanini qo’ysak hech kim o’g’irlamaydi deb o’ylashadi.