* * *
AYoLLARGA QISQAChA TA’RIF:
Ayol — xuddi bolaga o’xshaydi. Xafa qilding deguncha, yig’lab onasi tomon talpinaveradi.
Ayol — teatr. Bugun komediya namoyish etsa, ertaga fojia ko’rsatishi ham hech gap emas.
Ayol — muallimaday gap. O’zingni barcha savollarga puxta tayyorgarlik ko’rgan hisoblaysan-u, kutilmaganda xato topib mulzam qiladi.
* * *
Gruzin katta yo’l bo’yida qo’lida magnitofon tutgancha turar va taksi to’xtatardi. Mashina kelib to’xtagach, haydovchidan so’radi:
— Og’ayni, bo’shmisan?
— Bo’shman.
— Tush unda, birga raqs tushamiz!
* * *
Ikki do’st uchrashib qolishdi.
— Nega xafasan?
— E, birinchi xotinimning yangi eri qo’ng’iroq qildi.
— Nima dedi?
— Unga uch yil yashab ham tort pishirishni o’rgatmaganim uchun janjal qildi.
* * *
Er kechqurun ishdan qaytgach, xotini dedi:
— Ertaga ishxonangizda mukofot puli berishadi.
— Sen qaerdan bila qolding?
— Qo’shni xotinlar aytdi.
Ertasiga ishga borsa, haqiqatan mukofot puli berishdi. Uyga qaytgach, xotini yana dedi:
— Sizni yangi lavozimga tayinlashadi.
— Qaerdan bilasan?
— Qo’shni xotinlar aytdi.
Ertasiga rostdan ham uni yangi lavozimga tayinlashdi.
Oradan uch kun o’tgach, xotini dedi:
— Siz qamalasiz.
— Qaerdan bilasan?
— Qo’shni xotinlar aytdi.
Aytilganidek, ertasiga ishdagi hisob-kitoblarda kamomat paydo bo’lgani sababli qamab qo’yishdi. Turmaga xotini tashrif buyurib dedi:
— Sizga zo’r advokat topdim!
Er:
— E, advokatingni boshimga uramanmi? Qo’shni xotinlar nima deyapti? Qachon qamoqdan chiqarkanman? Shundan gapir!
* * *
Xotin eridan so’radi:
— Nega uylarni yig’ishtirmabsiz? Menga yordam bersangiz bo’lardi-ku! Ishga bormadingiz, qo’lingiz baribir bo’sh edi!
— Yo’q, qo’lim bo’sh emasdi. Kun bo’yi quchog’imni ochib faqat seni kutdim, jonim!
* * *
Ayol ibodat qilyapti:
— Xudoyim, menga aql ber va erimni tushuna olay. Qalbimga muhabbat ato et, erimning xurmacha qiliqlarini kechira olay. Faqat kuch berma! Aks holda uni urib o’ldirib qo’yishim mumkin!
* * *
Er xotiniga dedi:
— Azizam, sira o’ylanmasdan uy supur-sidiri, kir yuvish, kiyimlarni dazmollash, ovqat tayyorlash, mol-holga qarash bilan shug’ullanaver! Hozircha mening xotinim ekansan, seni umuman ishlatmayman.
* * *
E’LON:
— «Metropolitenimizga mashinistlar, chipta, rels, shpal, vagon va yer ostidagi tunnel sotuvchilari kerak.»