AYIQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Ayiq yer yuzida bundan 5-6 million yil oldin paydo bo’lgan.
2. Ayiqning yaqin qarindoshlari tulki, it va bo’rilar hisoblanadi.
3. Eng yirik ayiq sifatida qutb ayig’i e’tirof etiladi. Uning vazni yarim tonnagacha yetadi.
4. Ayiq ikki qavat teriga ega.
5. Pandaning panjalarida oltitadan barmog’i bor.
6. Ayiqlar orasida faqat panda hamda oq ayiq qishki uyquga ketmaydi.
7. O’rmonda yashaydigan ayiqlar daraxtga chiqish bo’yicha chempion hisoblanishadi.
8. Qutb ayig’idan tashqari barcha ayiq turlari o’simlik bilan ham oziqlanish xususiyatiga ega. Qutb ayig’i esa faqat go’sht bilan oziqlanadi.
9. Oq ayiq suvda a’lo darajada suza oladi.
10. Ayiqning ko’rish imkoniyatlari odamlarniki bilan baravar. Faqat eshitish va his etish xususiyati ancha yuqori darajada bo’ladi.
11. Ayiq suti sigirnikiga nisbatan to’rt karra ko’proq kaloriyaga ega.
12. Ayiq yovvoyi tabiat qo’ynida 30 yil, hayvonot bog’larida esa 50 yilgacha umr ko’radi.
13. Ayiqning Quyosh ayig’i deb nomlangan turi eng uzun tirnoq va tilga ega.
14. Ayiqning yuragi daqiqasiga taxminan 40 marta uradi.
15. Ayiq ranglarni juda yaxshi ajrata oladi.
16. Oq ayiq zarurat tug’ilsa, 2, 5 metr yuqoriga sakray biladi.
17. Ayiqchalar onadan yungsiz tug’iladi.
18. Aytishlaricha, ayrim ayiqlar piyonistalikdan azoblanar ekan.
19. Oq ayiqning oshqozoniga bir yeyishda 68 kilogramm go’sht joylashadi.
20. Yirtqich ayiq turining 98 foizi Alyaskada yashaydi.
21. Ayiqning yangi tug’ilgan bolasi 500 gramm vaznga ega bo’ladi.
22. Ayiq ovchilar qo’ygan qopqonlarni juda osonlik bilan zararsizlantira biladi.
23. Yoshi ulug’ panda bir martada 20 kilogacha bambukni yeb tashlaydi.
24. Ayiqlarning panjalari qiyshiq bo’ladi.
25. Oq ayiqning jigari tarkibida «A», «I» vitamini haddan ziyod ko’pchilikni tashkil etadi. Shuning uchun mabodo odam ayiq jigarini yesa, o’sha zahoti o’limga yuz tutishi mumkin.
26. Ayiq Berlin shahri timsoli sanaladi.
27. Ayiq haqidagi multfilm yer yuzida ilk bor 1909 yili namoyish etilgan.
28. Yirtqich ayiq odamni bir marta panjasi bilan ursa, odam albatta o’lim topadi.
29. Ayiq urg’ochisi 2-3 yilda bir marta bolalaydi.
30. Ayiqning erkagi urg’ochisiga bola tarbiyasida bajonidil yordam ko’rsatadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi