* * *
— Mening xotinim bahosi yo’q ayol! O’tin yoradi, ovqat tayyorlaydi, eshakni boqadi…
— Nima, o’zing o’zingni boqa olmaysanmi?
* * *
— Og’ayni, erkaklar bilan ayollarning teng huquqli bo’lishi tarafdorimisan, yoki qarshimisan?
— Teng huquqlilik tarafdoriman… Xotinimga bo’ysunaverish jonga tegib ketdi.
* * *
— Qanday ahmoqman-a! Orqamdan bir to’da yigitlar chopib qo’limni so’rashardi-ya! Hech qaysisiga tegmasdan, sizniyam tanlaymanmi?!.
— Afsus, o’sha to’daning ichida men ham bo’lmagan ekanman-da!
* * *
— Jonim, hov anavi yoqda bir chinor bo’lardi. Biz o’sha chinorning ostida ilk bor tanishgandik. Esingizdami?
— Ha.
— O’sha chinorga yashin tegib yonib ketganmish.
— Unga buyam kam.
* * *
— O’ylanaverib-o’ylanaverib xotinim sho’rlikning sochlari oqarib ketdi-ya!
— Nimani o’ylardi?
— Sochimni malla rangga bo’yasammi, yo qoraga bo’yasammi deb o’ylardi.
* * *
— Dadasi, ilgari to’yimizgacha meni faqat taksida olib yurardingiz. Endi bo’lsa, avtobusda yursang ham teshib chiqmaydi deganingiz degan.
— To’g’ri. Sen bilan hozir juda-juda faxrlanaman, hamma seni ko’rishini istayman. O’zing o’yla, taksida birgina haydovchi seni ko’radi, avtobusda bo’lsa, yuzlab odamlarning ko’zi tushadi.
* * *
Xotin erini baliq oviga kuzatayotib dedi:
— Agar laqqa qimmat bo’lsa, sazan ham olavering!
* * *
Tipratikon ayiqdan so’radi:
— Men hech kimdan qo’rqmayman-a, to’g’rimi?
— Ha.
— Unda men nega hayvonlar hukmdori emasman?
— Chunki, sendan hech kim qo’rqmaydi, ahmoq!
* * *
E’lon:
«Yashil it yo’qolib qoldi. O’ng shoxi kesib tashlangan, tuyoqlariga taqa qoqilmagan. Uni topib olgan odamdan darhol psixiatrga uchrashishini iltimos qilamiz».
* * *
Avtobus bekatidagi e’londan:
«Biz e’lon ko’chiruvchilarni e’lon ko’chirish vazifasiga ishga qabul qilish haqidagi e’lonlarni ko’chirish uchun e’lon ko’chiruvchilikka ishga qabul qilamiz».