Ko’chalarda, bozorlard, mexmonxona va restoranlar oldida, umuman jamoat jam joylarda tilanib yuradigan tilanchilar ortiq urfdan qolgan. Hatto tilanchilikning Hitoyda plastic kartochka orqali sadaqa so’rashlari, terminal yoki bankda hisob raqamlari bo’lishi ham yo’lga qo’yilgan. Ammo bunisi…
Daily Mailning xabar berishicha, “Qatar Airways” aviashirkatining Doha-Sheroz reysi bilan parvozda bo’lgan samolyotida Pokistondan yo’lga chiqqan eronlik shaxs tilanishni boshlagan.
Styuardessa va styuardlarning “Iltimos, bunday qilmang, joyingizga o’tiring” deyishlariga qaramay, u hech kimga quloq osmagan va qo’lida sellofan paketni ochib, hammadan sadaqa so’ray boshlagan.
«Qatar Airways» aviashirkati hodisa bilan bog’liq boshqa rasmiy bayonot bermayapti.
Izohlarni ko`rish