Ahadjon Abduxalilov, sog’lom hayot targ’ibotchisi
-Tabiiy qarish jarayoni har bir insonda kuzatiladi. 40 yoshdan keyin terining bir qancha xususiyatlari zaiflashib boradi va ajinlar paydo bo’la boshlaydi. Boshqa sabablarga quyidagilar kiradi: quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siri, chekish, uyqu yetishmasligi, stress, ba’zi kosmetika mahsulotlar, noto’g’ri ovqatlanish, genetik moyillik.
-Quyosh nuri asosiy omil sifatida ko’rsatiladi. Ajinlar paydo bo’lishi ko’p jihatdan aynan shu omilga bog’liq ekani qayd etilgan.
-Tamaki tutuni tarkibidagi moddalar terining strukturaviy buzilishiga sabab bo’lishi bilan birga teri saratoni xavfini ham oshiradi.
-Bundan tashqari, takroriy yuz harakatlari tufayli yuzaga keladigan dinamik ajinlar ham mavjud. Masalan, doimiy ravishda lablarni burishtirish natijasida uning atrofida ajinlar paydo bo’ladi.
-Yuqorida aytganimizdek, yosh bilan bog’liq tabiiy jarayon bo’lgani uchun ajinlarni mutlaqo to’xtatishni imkoni yo’q
«Sog’lom hayot»