O'zbekiston – Qozog'iston o'yiniga chiptalar sotuvi boshlandi

O’zbekiston milliy jamoasi 16 noyabr kuni Qozog’istonga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O’FA xabariga ko’ra, Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o’tadigan bahsga chiptalar sotuvi boshlangan. Futbol ishqibozlari mazkur uchrashuv uchun chiptalarni uydan chiqmagan holda iTicket.uz platformasi orqali elektron shaklda xarid qilishlari ham mumkin.

Chiptalar narxlari ikki xil toifada sotilmoqda:
2-toifa – 15 000 — 20 000 so’m;
1-toifa (CIP) – 50 000 so’m.

Ma’lumot uchun, O’zbekiston – Qozog’iston uchrashuvi 16 noyabr, chorshanba kuni soat 18:00da boshlanadi.

Qayd etish joiz, O’zbekiston va Qozog’iston milliy jamoalari so’nggi marta 2007 yilda, Chimkent shahrida o’tkazilgan «Alma-TV Kubogi» doirasida to’qnash kelishgan va hakamlik mojarosi bilan o’tgan o’yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. O’zbekiston milliy jamoasi o’z tarixida Qozog’iston bilan 6 marta o’ynagan va 2 marta g’alaba qozonib, 1 marta yutqazgan. 3ta bahs durang natija bilan yakunlangan.