Qoshlarni tarashni unutmang!
Dastlab maxsus yoki qosh tolalarini tarash mumkin bo’lgan cho’tka tanlang. Bunday cho’tka bilan qoshlarni tartibga keltirish tolalarning qo’shimcha o’sishini rag’batlantiradi.
Namlantiruvchi kremlardan foydalanmang!
Aksariyat ayol-qizlar namlantiruvchi kremlarni yuzining butun qismiga surtishni afzal biladi, ammo namlantiruvchi vositalar, SPF va tonal kremlar qosh tolalarini shikastlab, ularning o’sishiga ta’sir qilishi mumkin.
Bo’yashdan cho’chimang!
-Har kuni makiyajga vaqt sarflashni istamaydiganlar uchun qoshlarni bo’yatish tavsiya qilinadi!
Qosh uchun mo’ljallangan kosmetik vositalarning bir nechtasidan foydalaning!
– Qosh uchun birgina vositadan foydalanish notabiiy ko’rinishga sababchi bo’ladi. Qosh uchun mo’ljallangan turli vositalarni umumlashtirish esa maksimal darajada samara beradi.
– Gel va qosh qalamini birga ishlatib, xuddi go’zallik salonlaridagidek ko’rinishga keltirishingiz mumkin.
– Mutaxassis esa qalam, pudra va fiksatordan foydalanishni tavsiya qiladi.
–Qosh qalamining shakliga e’tibor bering!
Uchi ingichka qalamlar qosh tolalarining orasini tabiiy to’ldiradi. Uchburchak shakldagisi esa qoshga shakl berishga yordam beradi.
Ovqatlanishga e’tibor bering!
– Ozuqa moddalariga boy mahsulotlardan iborat parhez sochlarning sog’lom o’sishiga yordam beradi.
– Shu sabab ham ratsionga tuxum, baliq, sabzavot va avokado singari foydali mahsulotlarni kiritishni unutmang.
– Shuningdek, soch tolalarining o’sishini jadallashtiradigan keratin va oqsilga boy mahsulotlar iste’molini ham kanda qilmaslik kerak.
SoglomHayot