Usik va Joshua qanchadan gonorar ishlab olgani ma'lum bo'ldi

Bokschilar Aleksandr Usik va Entoni Joshua WBA Super, WBO, IBF va IBO yo’nalishlari bo’yicha eng og’ir vazn toifasi chempionlik unvonlari uchun jangdan so’ng oladigan gonorarlari ma’lum bo’ldi.

Jang barcha 12 raund davom etdi, shundan so’ng hakamlar 113-115, 115-113, 116-112 hisobida g’alabani 35 yoshli ukrainalik bokschiga berishdi.

Daily Star nashrining yozishicha, bokschilarning har biri 40 million dollar ishlab topadi. Umumiy sovrin jamg’armasi sportchilar o’rtasida yarmiga bo’linadi. Birinchi jangda ularning har biri 30 million dollar ishlab topgandi.

Usik va Joshua o’rtasidagi ilk jang 2021 yilning 25 sentyabr kuni Londondagi “Tottenxem” stadionida bo’lib o’tgan.

Ukrainalik o’shanda ham hakamlarning bir ovozdan qarori bilan g’alaba qozongandi (117-112, 116-112, 115-113).