ITMO universitetining Sankt-Peterburg talabalar startapi shifobaxsh, terini yoshartiruvchi va husnbuzarlarni bartaraf etadigangan noyob krem ishlab chiqishdi.
Kremning asosi Theraphosidae o’rgimchagi va ipak qurtining ipaklaridan olinadigan oqsildir. Ixtirochilarning so’zlariga ko’ra, bunday tarkibga ega krem bir necha hafta davomida o’z ta’sirini ko’rsata boshlaydi.
“Bugungi kunda bozorda regenerativ kosmetika ishlab chiqaruvchi ko’plab xorijiy ishlab chiqaruvchilar mavjud, ular 80 foiz. Shuning uchun biz o’zimizning, Rossiya mahsulotini yaratishga qaror qildik”, dedi startap asoschisi Daudi Dauddin.
Ishlanma in vitroda sinovdan o’tkazildi va samaradorligini isbotladi. Joriy yilning yozida startap oqsillarni ishlab chiqarish bo’yicha o’z laboratoriyasini ochish va xalqaro miqyosda patent olish uchun ariza topshirishni rejalashtirmoqda, deyiladi mir24.tv saytida.