Quyidagi mahsulotlarni ratsiondan chiqarish kerak:
Sut mahsulotlari
Sut mahsulotlarini vaqtincha iste’mol qilmaslikka sabab hozirgi paytda sigirlarning avvalgiga qaraganda besh barobar ko’p sog’ilishidir. Natijada stress tufayli sutdagi progesteron darajasi bir necha baravar yuqori bo’ladi. Bugungi kunda organik sut bo’lsa ham yuqori darajadagi stress gormonlari, jumladan, akne paydo bo’lishiga olib keladigan kortizolga ega.
Tez hazm bo’luvchi uglevodlar
Samarali natijaga erishmoqchi bo’lsangiz, dietologlar har doim tez hazm bo’luvchi uglevodli yeguliklardan tiyilishni maslahat berishadi, bu bejizga emas. Gap shundaki, ular organizm uchun eng foydasiz moddalardir. Mazkur uglevodlar qondagi qand miqdorining keskin ko’tarilishi va teri muammolarining yuzaga kelishining asosiy sababchisidir.
Kakos yog’i
Kakos yog’ini ortiqcha iste’mol qilish teri bilan bog’liq noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shokolad
Shokolad akne paydo bo’lishining juda keng tarqalgan sababidir. Agar dietologlar vazn yo’qotishda 70 foizdan ortiq kakao bo’lgan shokoladni tavsiya qilsa, akne paydo bo’lganda sutli shokolad xavfsizroq hisoblanadi. Gap shundaki, bunday holatda zararli komponent aynan kakao bo’lib, akne paydo bo’lishiga olib keladi.
Ratsionga quyidagilarni kiritish lozim:
Probiyotiklar
Probiyotiklar ichaklar va teri sog’lomligini ta’minlaydigan asosiy yordamchilardir. Kefirda organizm uchun yetarli miqdorda prebiyotiklar bo’ladi.
Omega-3 yog’ kislotalari
Deyarli hamma narsada yordam beradigan yana bir ajoyib modda: qarishni sekinlashtirishdan tortib, uyquni normallashtirishgacha. Omega-3 ham teriga foydali ta’sir ko’rsatadi va akne bilan kurashda yordam beradi.
Antioksidantlar
Meva va ko’katlar akne bilan kurashda sizning eng yaxshi do’stlaringiz va yordamchilaringizdir. Ularda mavjud bo’lgan antioksidantlar nafaqat hazm bo’lish jarayonini jadallashtiradi, balki teriga ham sog’lom rang beradi.
Sink
Har qanday yong’oq turi sink moddasiga boy, ayniqsa, keshyu va bodom. Bananni ham ushbu ro’yxatga qo’shish mumkin. Asosiysi, miqdorni kuzatib borish, chunki yong’oqlar kaloriyaga boy mahsulot hisoblanadi.