Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarini ham yangi mavsumda bir qator musobaqalar kutib turibdi. Ular orasida mart oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo’ladigan “Asia Rugby Sevens Trophy-2022” xalqaro turniri bo’lib o’tadi.
Hozirda terma jamoa vakillari Toshkent viloyatining Yangiobod maskanidagi Respublika o’quv-mashg’ulotlar bazasida yig’in olib bormoqda. Unda terma jamoamiz asosiy tarkibi uchun da’vogar 32 nafar regbichi shug’ullanmoqda.
29-yanvarga qadar davom etadigan ushbu yig’in orqali terma jamoa murabbiylar shtabi yangi mavsum uchun tarkibning asosiy qismini saralab oladi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston regbi terma jamoasi ham bu yil Xitoyning Xanchjou shahrida o’tadigan kattalar o’rtasidagi XIX Osiyo o’yinlari va Shantau shahri mezbonlik qiluvchi yoshlar o’rtasidagi III Osiyo o’yinlarida ishtirok etadi.