AJINLARGA QARShI SAMARALI NIQOB

Tez ta’sir ko’rsatuvchi bir tavsiya mavjud.
Buning uchun bizga 3 bo’lak sarimsoqpiyoz, 4 dona limon, 10 g asal, 200 g zig’ir yog’i kerak bo’ladi.
Sarimsoqpiyozning po’sti tozalanadi va mayda bo’laklarga bo’linadi. Limon ham po’stlog’idan tozalanadi va maydalanadi. Barcha mahsulotlar shisha bankaga solinadi. Cho’p qoshiq yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Bankaning og’zi yopiladi va muzlatkichda saqlanadi.
Ana shu aralashmadan har kuni 1 oshqoshiqdan iste’mol qilib turiladi.

SoglomHayot