Shifokor Nozima O’rinova:
-Haqiqatan ham inson nima uchun qariydi? Sababi ba’zi bir zararli moddalar to’planadi va organizmda oksidlanish jarayoni kechadi.
-Baxtimizga odam organizmi himoyalanish xususiyatiga ega. Bunga imkon beradigan moddalar – antioksidantlardir. Ammo ularning kuchini quyosh nurlari kesib qo’yishi mumkin. Qaysi mevada qizil rang bo’lsa, unda antioksidantlar mavjudligidan dalolatdir.
-Uzum tarkibida qarishga qarshi va uni sekinlashtiradigan antioksidant moddalar miqdori boshqa mevalarga qaraganda ko’proq. Antioksidantlar uzum urug’ida ko’p. Shu sabab uzumni urug’i bilan chaynab yeyish tavsiya qilinadi.
-Uzum qatori qulupnay, shotut, anor, gilos va malinada xam antioksidantlar bor.
«Sog’lom hayot»
Izohlarni ko`rish