Zamonaviy go’zallik sanoatida har kuni qandaydir yangiliklar ro’y beradi. Tan olish kerak, yangi krem va niqoblarni sinab ko’rmaslikning iloji yo’q. Afsuski, teri har doim ham bunga tayyor bo’lavermaydi va eng sifatli go’zallik mahsulotlariga ham kutilmagan reaksiyalar bilan javob berishi mumkin.
Foto: «Kollost.ru»
Avvalo, mutaxassislar kosmetik vositalarni har doim terining turiga qarab tanlashni tavsiya qiladi. Aks holda eng yaxshi holatda pulni behuda sarflash va eng yomoni, yuzda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ularni bartaraf etish esa qo’shimcha sarmoyani talab qiladi. Biroq, ushbu qoidaga qat’iy rioya qilinsa-da, bu mahsulot mos kelishini kafolatlamaydi. Fasllarning o’zgarishi, terining holati va bir qancha mumkin bo’lgan sabablarga ko’ra, parvarish mahsulotlarini tanlashda e’tiborga olinishi kerak bo’lgan omillar mavjud. Shu bilan birga, foydalanishning birinchi kunidanoq parvarish vositasi mos kelmaganini aglash qiyin. Ba’zida terining reaksiyasi muntazam foydalanishdan keyin, biroz vaqt o’tgach paydo bo’lishi mumkin.
Eng aniq belgilar, albatta, toshma paydo bo’lishi. Ha, ular butunlay boshqa muammolarning natijasi bo’lishi mumkin. Yangi mahsulotni ishlatayotgand avaqtincha to’xtatib turishga harakat qilish lozim: agar toshma kamayib, yo’qola boshlasa, mahsulotni almashtirish yaxshiroqdir. Qanday bo’lmasin, husnbuzar o’z-o’zidan davolanmasligi kerak, shifokor va dermatolog bilan maslahatlashib, muammoning ildizini aniqlash uchun tekshiruvdan o’tish tavsiya etiladi.
Mahsulotdan foydalangach terining qurishi. Agar mahsulot terini quritsa, bu unga mos kelmaganidan dalolat beradi. Mahsulot tarkibida spirt yoki tez bug’lanib ketadigan suv va moylar bo’lishi mumkin.
Qichishish, qizarish, noqulaylik, shishish va allergik reaksiyaning boshqa aniq ko’rinishlari. Yuzni sovuq suv bilan yuvish teriga pantenol surtish va antigistamin ichish kerak. Agar teri 24 soat ichida yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qilish lozim. Va, albatta, mahsulotni o’zgatirish tavsiya etiladi. Achishish va qizarish ham terining reaksiyasi bo’lishi mumkin. Agar teri nozik bo’lsa, maxsus mahsulotlardan foydalanish kerak.
Qora nuqtalar, komedonlar va teri teshiklarini tiqilib qolishi. Ehtimol, mahsulot tarkibida silikon, mineral moy va teri teshiklariga tiqilib qoluvchi moddalar bo’lishi mumkin. Shuning uchun mahsulotni tanlashda komedogen bo’lmagan vositalarga ustunlik berish lozim.
Mahsulotning yuzdan oqib tushishi, so’rilmasligi. Bu har doim ham mahsulotni yomon degani emas, u balki teri turiga mos kelmagan bo’lishi mumkin. Shuningdek, boshqalar foydalanib, tavsiya etgan vositalar ham yomon natija ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun ularni xarid qilishda sifat va bahosidan tashqari, yuz terisiga mosligini ham inobatga olish zarur.