Iordaniya qirollik oilasi rezidentsiyasi yagona bir saroy emas, balki butun boshli Al-Makar kompleksi ichida joylashgan. Ushbu so‘z arab tilidan juda «shtab»deya tarjima qilinadi. Bu Arablarning qayta tiklanish davridan qolgan nom, aynan shu yerlarda arab harbiylari bazalar yaratgan va Ummon turklaridan ajralib chiqqanlar. «Shtab» hududidagi saroylar nom sharqona ertaklarni yodga soladi. Misol uchun Ragadan saroyi zoti oliylari istiqomat qiladigan qasr. U arab tilidan olingan bo‘lib, «Qulay yashash» degan ma’noni anglatadi. Basman saroyi nomi esa «xursand bo‘lish» so‘zining arab tilidagi ko‘rinishidan kelib chiqqan.
Ushbu betakror saroylar ichida Iordaniya qiroli Abdulla II va uning sevimli rafiqasi Raniya farzandlari bilan birga istiqomat qiladilar. Oilaviy totuvlar — bu yerdagi eng qimmatli tushunchadir. 40 gektarli maydonni egallagan sarpoylar kompleksiga qirol oilasi 1999 yilda, toj kiyish marosimidan keyin ko‘chib kelishgan. Bunga qadar juftlik marhum qirol Xusayn tomonidan to‘y munosabati bilan sovg‘a qilingan shaharning boshqa burchagidagi uyda yashar edilar. Yashash hududining o‘ta katta va hashamatli bo‘lishiga qaramasdan qirol va uning rafiqasi oddiygina narsalarni xush ko‘rishadi: qirolicha Raniya oshxonada ko‘pincha mazali taomlar pishiradi, qirol esa saroyning ichki qismida barbekyu tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ladi.
«U o‘zining juda ajoyib steyklar va burgerlar tayyorlay olish qobiliyati bilan faxrlanadi» degan endi qirolicha Raniya Opra Uinfriga bergan intervyusida. «Bu erkaklarning ishi, albatta. Aslida men ham taom pishirishni juda yaxshi ko‘raman. Biz dam olish kunlarida aynan shu usul bilan hordiq chiqaramiz»
Qirol va qirolicha hamiga bir-birlarini tushungan holatda hayot kechirishga harakat qiladilar. Raniya xonimning aytishicha, 4 nafar farzandning birortasi o‘qishga yetarli diqqat qaratmasa yoki o‘zini munosib ravishda tutmasa zamonaviy gadjet sohibiga aylanishni orzu ham qilmaydi.
Juftlikning birinchi farzandi, taxt vorisi shahzoda Xusayn 15 yoshga to‘lgandan keyin rasmiy ravishda merosxo‘r voris sifatida tan olingan. Bunga qadar esa uni oddiy bolalar kabi tarbiya qilishgan. «Menimcha Xusayn yoshidagi bolalarga kun kelib qirol bo‘lishini aytish uning ustidan bosim o‘tkazishning o‘ziga hos ko‘rinishi bo‘lardi» degan edi qirol 2005 yili Hello jurnaliga bergan intervyusida. Bu paytlarda shahzodaning yoshi 11 da bo‘lgan. «Bu unga og‘ir bosim bilan ta’sir etadi, aslida hali yosh va oddiy bolalar kabi uyg‘ayishi kerak. Men uchun uning risoladagildek hayot kechirishi, barcha bilan tabiiy munosabatlar o‘rnata olishi, barchaga o‘zining asl qiyofasi bilan muomala qila olishi juda ham muhim» degan edi qirol.
Aqlli, chiroyli, qalbi daryo!
Quvaytda, Falastinlik qochoqlar oilasida dunyoga kelgan Raniya al-Yasin taxt haqida, ayniqsa Iordaniya taxti haqida orzu ham qila olmasdi. Uning ota-onasi ham kamtargina insonlar bo‘lishgan. Otasi bolalar shifokori bo‘lib ishlagan, onasi esa uy bekasi bo‘lgan.
Raniya tadbirkor ayol bo‘lishni istardi. Aynan shu sababli yoshlik yillaridanoq bor kuchi bilan harakat qildi. Qohiradagi mashhur Amerika universitetiga o‘qishga kirdi. Aynan shu yerda Tokiodagi birinchi gubernator ayol Yuriko Koike, Saudiya Arabistoni tarixidagi birinchi ayol rejissyor Xaifa Al-Mansurlar ta’lim olgan.
Bir so‘z bilan aytganda, universitet talabablari uchun tahsil tugagach juda katta eshiklar ochilardi. Lekin yosh va go‘zal bo‘lishiga qaramasdan yosh Raniyani Iordaniya qirolichasini o‘rnida ko‘rish hech kimning hayoliga ham kelmasdi.
Qizning o‘zi ham boshqacha orzular bilan yashardi. Bir vaqtlar unga model bo‘lib ishlash taklifi ham tushgan, ammo Raniya buni rad qilgan ekan. Bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshining o‘lkasiga esa taqdir izmi bilan kelib qoldi. 1990 yilda Quvaytda «Ko‘rfaz urushi» avj oldi, Al-Yasinlar oilasi esa Iordaniyaga qochib kelishdi. Raniya yangi mamlakatga o‘rganish va bu yerga karyera qilish uchun harakatga kirishdi. Iordaniyadagi Citibankda, keyin esa Appleda ishladi. Ammo ish jarayonida uning boshqa o‘lka vakilasi ekanligi doim sezilib turardi. Shunga qaramasdan u hamisha faol va ilg‘or bo‘lish uchun kurashdi, turli fikrlar bilan to‘qnash keldi.
Taxtdan mahrum shahzoda
Tabiiyki, taxt hech qachon Raniya uchun orzu bo‘lmagan. Chunki kun kelib bu o‘ringa ega chiqishini tasavvul qilish tugul bilmasdi ham. Aynan shu kabi uning bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshi shahzoda Abdulla ham taxtga da’vogarlik qilmasdi. Gap shundaki, bu o‘lkada faqat kattalar taxt vorisi nomiga ega chiqadilar. Shu tariqa qirol Xusayn ukasi Xasanni voris sifatida e’lon qildi, kichik o‘g‘li Abdulla esa taxtdan mahrum bo‘ldi. Bu paytlarda kichik shahzodaning yoshi endigina 3 da bo‘lgan.
Shunga qaramasdan Abdulla ulg‘aygach hashamatli hayot kechirishi va umrining oxiriga qadar shahzoda bo‘lib qolishi aniq edi.
Abdullaning onasi Britaniyalik malika Muna edi, uning asl ismi Toni Gardiner bo‘lib, qirol Xussaynning ikkinchi xotini sanalgan. Malika Muna o‘g‘lini Yevropaliklarga hos ko‘rinishda tarbiya qildi. Oqibatda uni Buyuk-Britaniyaga, Sandxerstdagi qirollik harbiy akademiyasiga o‘qishga yubordilar.
Shahzoda hamisha harbiy soha ishqibozi sanalgan. U haligacha keskin sarguzashtlarsiz yashay olmaydi. Yoshlik paytlarida esa bu qiziqish yanada kuchli edi. Harbiy libos kiyib olgan, yoqimtoy tashqi ko‘rinishga ega va Qirol o‘g‘li sanalmish Abdulla tez orada mamlakatdagi eng mashhur bo‘ydoqlardan biriga aylandi. Ammo u hech qachon uylanishga shoshmagan, bu borada otasining so‘zi bilan ish ko‘rishga harakat qilgan.
Ammo yigit Raniyani uchratgach barchasi o‘zgarib ketdi. Ularning qayerda va qanday uchrashib qolgani haqidagi ma’lumotlar turlicha. Ayrimlar juftlik bank ofisida uchrashib qolgan desalar, ayrimlar shahzodaning opasi uyushtirgan bazmda degan fikrni ilgari suradilar. Har ne qilganda ham falastinlik go‘zal qiz va Iordaniya shahzodasi ilk bor uchrashdilar. «Qanchalar odatiy eshitilmasin, bu bir ko‘rishdagi muhabbat edi» degan edi qirol Abdulla oradan yillar o‘tib.
«Avvaliga shahzoda bilan uchrashish va uni sevib qolish biroz g‘alati bo‘ldi. Ammo shunda ham bizning munosabatlarimiz oddiy qiz va yigit uchrashuvlariga ko‘proq o‘xshab ketardi» deydi Raniya. Odatda yoshlarni motosikl uchib yurgan yoki dengiz yonida dam olayotgan holatda uchratar edilar. Ular bir-birlarining hayotini butunlay o‘zgartira oldilar. Oradan ikki oy o‘tib esa Abdulla Raniyaning qo‘lini so‘radi.
Bu kabi nikoh ko‘pchilikni hayratga solib qo‘ydi. Abdullaning otasi qirol Xusaynning 4 nafar xotini bo‘lib, ularning kattasi oliynasab arab qizi, ikkinchisi britaniyalik qiz (Abdullaning onasi), falastinlik va amerikalik qizlar edi. Ammo o‘zi ham boshqa millat vakillarigina uylangan qirol ularning nikohiga ortiqcha qarshilik qilib o‘tirmadi.
Qirol yoshlarga oq fotiha berdi. To‘yga tayyorgarlik ishlari boshlanib ketdi. To‘y marosimi 1993 yilning 10 iyun kuni Zaxran (arab tilidan tarjima qilganda «Ochilgan gul» degani) saroyida bo‘lib o‘tdi. Kuyov bu paytlarla taxt vorisi emasdi. Ammo shunga qaramasdan u qirolning to‘ng‘ich farzandi edi, bu esa uning to‘yi haqiqiy qirollarga hos bo‘lishi kerakligini anglatardi. Hashamatli kortej, oliynasab mehmonlar, bir necha qavatli tort, gul sochuvchi kichik qizaloqlar — barchasi eng oliy darajada bo‘ldi. Bu o‘rinda ularning to‘y marosimi boshqa qirollik o‘lkalaridagi marosimlardan aslo qolishmadi.
Kelinning o‘zi ham juda chiroyli bo‘lib ketdi. Britaniyalik dizayner Bryus Oldfild libosida to‘yga kirib kelgan Raniya o‘z ismini to‘y modasi tarixiga butun umrga muxrlab qo‘ydi. Oq rangli hashamatli libos tilla kashtalar bilan bezalgan edi. Ular ustida ishlash uchun esa dizayner Viktoriya va Albert muzeyiga borib, an’anaviy to‘y ko‘ylaklarini obdon ko‘zdan kechirgan ekan. Kelin odatiy tiaradan voz kechdi, uning o‘rniga esa sochlariga o‘ziga hos to‘g‘nag‘ich taqdi. Unga esa uzun fata ulab qo‘yildi. Kelinning soch turmagi shunchalar baland bo‘lib ketgan ediki, bunday turmak bilan mashinadan tushib qolishi ham muammoga aylangan ekan.
An’anaviy marosimdan keyin qabul boshlandi. Buning uchun kelinchak Bryus Oldfild tomonidan yaratilgan kalta yengli libos tanladi. To‘y ko‘ngildagidek o‘tdi, ammo bu bo‘lg‘usi qirol va qirolichaning to‘yi ekanligini birov tahmin qilmagandi ham.
Taxt tomon yo‘l
Aytishlaricha, 1993 yilda Abdullaga turmushga chiqish uchun rozilik bildirgan Raniya kelgusida hech qachon qirolicha bo‘lmasligini yaxshi bilgan, shu sababli shahzodaga turmushga chiqqani bilan sokin hayot kechirish umidida bo‘lgan. U o‘z yori bilan qasrdan anchagina uzoq bo‘lgan uyga ko‘chib o‘tishdi, odamlardan va ortiqcha e’tibordan uzoqda, oila davrasida hayot kechira boshladilar.
Raniya qaynotasi — qirol Xusayn bilan juda yaxshi aloqada bo‘lgan, uni o‘ta hurmat qilgan, samimiy munosabatda bo‘lgan. Shu sababli ham dunyoga kelgan ilk farzandlariga aynan uning ismini berdilar. Bu qirolning e’tiboridan chetda qolmadi. U o‘z o‘g‘li va keliniga ko‘proq e’tibor berishni, Abdulladan ajoyib qirol, Raniyadan esa betakror qirolicha chiqishi mumkinligini o‘ylay boshladi.
1999 yilga kelib qirolning salomatligi yomonlashib ketdi. Uning ukasi o‘zining toj kiyish marosimiga tayyorgarlikni boshlab yubordi, xotini esa saroyni qaytadan qurishga buyruq berdi. Ammo shu paytda hech kim kutmagan hodisa ro‘y berdi. Qirol ukasidan taxt vorisi nomini olib, o‘zining katta o‘g‘lini merosxo‘r deya e’lon qildi. Bu uning o‘limidan ikki hafta avval yuz bergandi.
Qirol vafot etdi. Taxtga o‘g‘li ko‘tarildi. Uning yonidagi Raniya esa qirolicha maqomini oldi. Bu paytda Raniyaning yoshi atigi 28 da edi.
Ajoyib ittifoq
Raniya va Abdulla hikoyasi 20 yildan ortiqroq vaqt mobaynida davom etib kelmoqda. OAV ularni bir necha bor «ajrashtirib» ham, «yarashtirib» ham ko‘rdi. Ammo bu kabi urinishlarning hech biri ularninng ittifoqini buza olmadi.
Raniyaning siyosiy ta’siri yo‘q, ammo unda turmush o‘rtog‘ining – qirolning muhabbati bor. Bundan tashqari u o‘z siyosiy qarashlarini ochiqchasiga namoyon qila oladigan jasoratli ayol. U boshqa qirollik oilasi ayollaridan farqli ravishda ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol.
Ayni paytla qirolicha bolalar, ayollar va tenglik uchun kurash olib boradi, hayriya bilan shug‘ullanadi.
Bugungi kunda Raniyani nafaqat sharq ayoli, balki betakror rafiqa, ajoyib ona, yuksak did sohibasi, o‘qimishli inson va bag‘rikeng odam sifatida biladilar. Vaziyat qanday bo‘lmasin u hamisha turmush o‘rtog‘ining yonida, uni qo‘llab-quvvatlaydi, kuch va dalda berishni biladi, o‘zini uning ayoligina emas, yordamchisi deb hisoblaydi. Bu esa dunyodagi har bir ayol uchun iborat qilib ko‘rsatsa arziydigan sifat, bizningcha.