Masalan, “Kinder Surprise” mahsulotini mamlakatimizning istalgan do’konidan harid qilishingiz mumkin. Biroq , AQShga olib kelinsa 300 AQSh dollariga teng jarimaga tortiladi. 1938-yilda mamlakatda oziq ovqat mahsulotlaridan boshqasi olib kirilishi man qilingan. O’yinchoqlar bundan mustasno.
Ispaniyaning juda ko’p plyajlarida shampun, yuvinish geli va shunga o’xshash vositalardan foydalanish qattiq taqiqlangan. Qonunni buzuvchi 1500 yevro jarima to’laydi. Bu taqiq dengizdagi suvning tozaligi bilan bog’liq. Ispaniyaning Mallorca orolidagi plyajda axlat qoldirib bo’lmaydi. Jarima jazosi 300 yevro.Sohilda spirtli ichimliklarni ichish yana-da ko’proq jarimani talab qiladi.
Tailandda ularning shohiga katta hurmat ko’rsatiladi. Uning portreti pullariga tushirilgan. Shu boisdan ham xatto pulga xurmatsizlik ko’rsatib bo’lmaydi. Pulni yirtish, yoqish, tashlash va xattoki shimning orqa cho’ntagida olib yurish ham taqiqlanadi.
Bundan tashqari Tailand shaxrida fillarni boqish taqiqlanadi. Jarimasi esa taxminan 300 dollar. Afina shahrining akropoli har yili millionlab sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadi. Shunga ko’ra, yunon hukumati bu noyob me’moriy yodgorlikning saqlanishini o’ylab: bir necha ming yil bo’lgan Akropolni faqat past poyabzal bilan aylanib chiqish mumkin, poshnali oyoq kiyimga ruhsat etilmaydi.
Jenova ko’rfazidagi qirg’og’ida joylashgan Italiyaning mashxur «Cinque Terre» parkida sayyohlar ekskursiya paytida flip-flops kiyishi taqiqlanadi. Sirpanchiq yerlarda aynan shular tufayli ham shikastlanish kelib chiqadi. Shuning uchun ham, hatto politsiyaga sayohatchilarning poyabzallarini tekshirish topshiriladi. AQShlik sayyohlardan biri, Singapurda yo’l chetiga tupurdi. Uni zudlik bilan politsiyachi to’xtatib, 300 dollar jarima soldi. Bundan tashqari, uni ikki kunichida to’lash kerak edi. Aks holda jarima miqdori sezilarli darajada oshardi -2000 dollargacha.
Aslini olganda jamoat transportida pul to’lamasdan sayohat qilish jiddiy qonunbuzarlik emas. Ammo, ko’pgina Yevropa mamlakatlarida, bu uchun jazo juda katta -1,500 yevrogacha. Bundan ham yomoni, keyingi safar ushbu mamlakatga kirish uchun viza olish bilan jiddiy muammolar paydo bo’lishi mumkin.
Atrof juda issiq bo’lgan taqdirda ham favvorada cho’milish mumkin emas. Masalan Rimda militsiya hodimlari yiliga 900 yevrogacha bo’lgan miqdorda jarimalar yig’ib olishadi. Bir qancha Italyan plyajlarida nafaqat chig’anoqlar balki qumlarni ham olish taqiqlanadi. Ispaniyada sayyohlar mehmonxonaning balkonidan to’g’ridan –to’g’ri xovuzga sakrashni yoqtirar edilar. Hukumat 400 yevro jarima solishga ham majbur bo’ldi.
Avstriyaning poytaxti Venada jamoat transportida o’pishish mumkin emas. To’g’ri, bunday qonun buzarlik jazosi juda katta emas — taxminan 50 yevro.
2008 yil 1 maydan Venedikda markaziy Piazza San-Marko kabutarlarini boqish taqiqlangan. Shahar ma’muriyatining fikriga ko’ra, ushbu yerda och kabutarlar juda ko’p va ularni boqish orqali shaxar va yo’laklar ifloslanmoqda. Ushbu taqiqdan qushlar uchun ozuqani sotuvchilar eng ko’p azob chekdilar. Hatto sudga ariza ham berdilar. Biroq, bu ishda yutkazganlar.