Yashilga burkangan atrof-muhitdan o’tib borar ekansiz, oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan hamda marmardan o’yilgan buyuk san’at durdonasi oldida to’xtab chuqur nafas oling va sizni hayratga soluvchi ajoyib ta’surotlarga tayyorlaning.
Toj Mahalning yaratilish tarixi
Toj Mahal Hindistonning Agra shahrida joylashgan maqbaradir. Maqbara buyuk Akbarshohning nabirasi hukmdor Shoxjahon buyrug’i bilan uning vafot etgan rafiqasi Arjumand Bonu Begim (ko’pchilikka Mumtoz Mahal nomi bilan mashxur) hotirasiga bunyod etilgan.
Mumtoz Mahal 1631 yilda Burxanpur shahrida o’n to’rtinchi farzandi tug’ilganida vafot etdi. Uning xoki Zaynobod bog’ida vaqtincha dafn etilgani va olti oydan so’ng uni Agraga, Toj Mahal maqbarasiga ko’chirilgani ko’pchillikka ma’lum. Maqbaraning qurilishi tugallangandan ko’p vaqt o’tgach, Shoh Jahon o’z o’g’li Aurangzeb (Auragnzeb) tomonidan taxtdan ag’darib tashlangan va yaqin Agra-Fortda uy qamog’iga olingan. Aytishlaricha Shaxjahon umrining so’nggi kunlarini Toj Mahalga uzoq tikilib o’tkazgan. Shoxjahon vafot etgacha o’g’li Aurangzeb tomonidan Toj Mahalga, sevimli rafiqasining yoniga dafn etilgan.
Toj Mahal haqida ma'lumotlar
Toj Mahal alohida me’moriy tuzilma emas, 580 mx 305 m o’lchamda to’rtburchaklar shaklida joylashgan shimol va janubdan ikki uzun bo’lak bilan chegaralangan kompleksdir. Gumbazsimon zal va arksimon eshiklarga ega bo’lgan simmetrik binoga kvadrat maydonchani ustida oq marmardan yasalgan qabr o’rnatilgan.
Toj Mahalning me’moriy dizayni nihoyatda simmetrikdir, qabr atrofidagi poydevorning har burchagida to’rtta minora ko’tarilgan. Maqbaraning asosiy zalida Mumtoz Mahal va Shoh Jahonning bo’sh sag’analari va pasroqda esa ularning dafn etilgan joylari mavjud. G’orning g’arbiy tomonida joylashgan qizil qumtosh masjidi va sharqdagi «Mehmon-Xon» mehmonhonasi ko’zni quvontiradigan go’zal rang kontrastini hosil qiladi. Toj Mahalning ichki va tashqi qismlari bezaklarida polixrom san’atining takomillashtirilganligi ko’zga tashlanadi.
Majmuaning janubiy qismida asosiy eshik old maydoni joylashgan. Shuningdek, Shoh Jahonning yana ikkita malikasi — Akbarabadi Begim va Fatehpuri Begimning qabrlari joylashgan. Janubi-sharqiy va janubiy-g’arbiy burchaklar «Saheli Burj Bir» va «Saheli Burj-Ikki» deb nomlanadi. Kompleks, Chorbag’ uslubida («to’rtta bog'») mo’ljallangan 300 kvadrat metr maydonda qurilgan. Bog’da yo’llar to’rtta teng qismga bo’linadi. Ushbu to’rt qism ham yuqoriga ko’tarilgan yo’llar bilan pastga tushgan o’n oltita gulzorga bo’linadi, bu esa umumiy ko’rinishni juda yaxshi bezatgan. Bog’ning markazida Toj Mahalning go’zal aksi tushib turuvchi marmar hovuz joylashgan.
Toj Mahal — dunyoning yetti mo'jizasidan biri
1983 yilda Toj Mahal YUNESKO ning Jahon merosi ro’yxatiga kiritildi va shuning uchun dunyodagi eng yaxshi yodgorliklardan biri maqomini oldi. Dunyoning yetti mo’jizasi yoki Tavsiya qilingan sayohat joylarining bir nechta ro’yxatlari dunyo tarixida ma’lum bo’lsa-da, Toj Mahal ham yaqinda e’lon qilingan «Yangi yetti mo’jizalar» ro’yxatida paydo bo’ldi. Har yili Toj Mahalga uch millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi, bu Hindistonning eng sevimli sayyohlik markazlaridan biridir. Turistlar yilning har qanday vaqtida Toj Mahalga shoshilishadi. Ammo ularning aksariyati oktyabr, noyabr va fevral oylarida Hindistonda ob-havo nisbatan salqin bo’lgan pallada tashrif buyurishadi.
Toj Mahal maqbarasining bosh dizayneri Ustad Ahmad Lahauri edi (Ustad Ahmad Laxauri).
Toj Mahalda joylashgan xattotlik yozuvi xattot Amanatxonning «Tulut» shriftida yaratilgan bo’lib, u o’z imzosini bir nechta panelga qo’ygan.
Mumtoz Mahal sag’anasining yon tomonlarida Xudoning to’qson to’qqiz ismi yozilgan kalligrafiy yozuvlar mavjud.
Shoh Jahon qabri ustida yozib qo’yilgan so’z : «Rajab oyining yigirma oltinchi kuni 1076 hijriyning shanbasida u bu olamni abadiy bayramda tark etdi».
1857 yilgi Hindiston qo’zg’oloni paytida Toj Mahal o’zining devorlaridan qimmatbaho toshlarni o’yib chiqargan inglizlarning qo’lida halokatga uchradi.
XIX asrda Britaniya kengashi raisi Lord Curzon 1908 yil tugatilgan Toj Mahal tiklanish loyihasini e’lon qildi.
Agar ikkinchi yarmingiz bilan Toj Mahalni ziyorat qilishni istasangiz, oy to’lishgan mahalda tungi sayohatni tavsiya qilamiz. Sehrli oy yog’dusida chiroyli oq binoning go’zalligi umr bo’yi xotirangizda qoladi. Lekin siz kunning qay mahalida borishingizdan qat’iy nazar Toj Mahalga maftun bo’lib qo’lishingizga kafolat beramiz. Toj Mahal sizni o’zining oltin zeb-ziynatlar va murakkab o’ymalari , atrofidagi gullari, yashil o’simliklari bilan sexrlab qo’ya oladi. Ammo birinchi navbatda sizni chuqur tarixga hayolan olib boradi va sizni unutilmas ta’surotlar bilan ta’minlaydi.