«Meni shaxsiy emas, jamoaviy yutuqlar qiziqtiradi»

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Bavariya» bilan bo’lib o’tadigan YeChL 1/8 final javob o’yini haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

4 mart kuni «Nant»ga qarshi o’yinda fransiyalik futbolchi 201-golini urib, Parij klubidagi bu borada rekordni yangilagandi.

«Men bu yerda tarix yozish uchun o’ynayman. Har doim buni qilishni xohlayotganimni aytganman. Ish hali tugamadi.

Meni shaxsiy yutuqlar emas, jamoaviy yutuqlar qiziqtiradi. Barcha jamoadoshlar, turli murabbiylar va muxlislarga rahmat», — dedi Mbappe.

Eslatib o’tamiz, «Bavariya» – «PSJ» uchrashuvi 8 mart kuni bo’lib o’tadi.