Mbappe «PSJ» tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Kilian Mbappe «PSJ» tarixidagi eng yaxshi to’purarga aylandi.

24 yoshli hujumchi Liga 1ning 26-turidan o’rin olgan «Nant» bilan o’yinda (4:2) to’p kiritdi.

Natijada Mbappe parijliklar safidagi gollarini 201taga yetkazib, Edinson Kavanini (200) ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi bu mavsumda «PSJ» tarkibida 30ta bahsda 30ta gol urdi.