Elnur Abduraimov jarohat sabab mag'lub bo'ldi

O’zbekistonlik professional bokschi Elnur Abduraimov Meksikada mahalliy bokschi Anxel Daniel Garsiya Molina bilan jang qildi.

10 raundga mo’ljallangan jangning 7-raundida Elnur bahsni davom ettirmasligi ma’lum bo’ldi. Bunga Abduraimovning 2-raundda qo’lidan olgan jarohati sabab bo’lgan.

Bu Elnur uchun professional boksdagi ilk mag’lubiyat bo’ldi. Bungacha u 10 ta jangning barchasida g’alabaga erishgan. Meksikalik Molina esa 15-jangida 15-g’alabasini qo’lga kiritdi va IBF North American kamari egasiga aylandi.