19 yanvar, payshanba kuni Krishtianu Ronaldu yana Lionel Messi bilan uchrashadi. «PSJ» Saudiyaning «An-Nasr» va «Al-Hilol» jamoalari yulduzlari bilan o’ynaydi. Portugaliyalik yangi klubida birorta ham o’yin o’tkazmaganiga qaramay, mahalliy orzular jamoasi sardori bo’ladi. O’yin Ar-Riyoddagi «Qirol Fahd» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Krishtianu Ronaldu jamoasida “PSJ” bilan yana kimlar o’ynashini ko’rib chiqamiz.
«An-Nasr» va «Al-Hilol» yulduzlari jamoasida kimlar o’ynaydi?
«An-Nasr» darvozaboni hamda «Napoli» va «Arsenal»ning sobiq futbolchisi David Ospina «PSJ»ga qarshi o’ynamaydi. U jarohat olgan va tirsak bo’g’imida operatsiya qilinadi. Tekshiruv natijalariga ko’ra, unda yoriq aniqlangan. Tiklanish davri taxminan olti haftani tashkil etadi, ya’ni Saudiya Arabistoni darvozaboni Muhammad Al-Ovays «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi. U “Al-Hilol” jamoasi vakili.
Himoya markazida Alvaro Gonsales o’ynaydi. 33 yoshli ispaniyalik futbolchi 2022 yilning yozida «An Nasr»ga ko’chib o’tgan, u avval «Espanol», «Vilyarreal» va «Marsel» klublarida to’p tepgan. Gislen Konan chap qanot himoyada o’ynaydi. U yozda «Reyms»dan «An-Nasr»ga o’tgandi.
Yarim himoyada ham bir nechta tanish nomlar bor. Luis Gustavo «Bavariya»ning sobiq futbolchisi, hozir «An-Nasr» futbolchisi. U 35 yoshda va yarim himoyachi sifatida o’ynaydi va Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 13 ta o’yinda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning yonida katta ehtimol bilan kolumbiyalik Gustavo Kuellar bo’ladi. Uni terma jamoadagi o’yinlaridan eslash mumkin. U «Al-Hilol»da o’ynaydi.
Gonsalo Martines hujumda o’ynaydi. «An-Nasr» sentyabr oyida argentinalik futbolchi uchun 16 million yevro to’lagan. Bundan tashqari, «Benfika»ning sobiq yarim himoyachilari Andre Karrillo va Anderson Taliska ham maydonga tushishi kutilmoqda. Ikkinchisi Saudiya Arabistoni chempionatining 11 uchrashuvida 11 ta gol urishga erishdi. «Sporting» va «Vest Bromvich»ning sobiq futbolchisi Mateus Pereyra va «Portu»ning sobiq vingeri Mussa Marega maydonga tushishi mumkin. Ikkalasi ham «Al-Hilol»da o’ynaydi.
Hujum qanotlarida Krishtianu Ronaldudan tashqari Vensan Abubakar ham o’ynay oladi. Ilgari u «Loren» va «Portu» klublarida o’ynagan. «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Odion Igalo va «Atletiko»ning sobiq hujumchisi Luchiano Vietto «Al-Hilol»dan maydonga tushishlari mumkin. Nigeriyalik hozirda Saudiya klubining eng yaxshi to’purari hisoblanadi.
L’Equipe xabariga ko’ra, “PSJ” bu o’yin uchun 10 mln yevro ishlab oladi. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o’rtasidagi qarama-qarshilikka kelsak, ular oxirgi marta 2020 yilning dekabr oyida o’zaro o’yin o’tkazishgan. O’shanda «Yuventus» Chempionlar ligasida «Barselona»ni 3:0 hisobida mag’lub etgan va portugaliyalik dubl qayd etgandi. Saudiyaning ikki klubi yulduzlari “PSJ”ga qarshilik qila oladimi, izohlarda yozib qoldiring.