Neymar va boshqalar sudda oqlandi

Ispaniya sudi Neymar va boshqa firibgarlikda ayblanayotganlar – Juniorning otasi, “Barselona”ning ikki sobiq prezidentlari Sandro Rozel hamda Xosep Bartameularni oqladi.

Oktyabr oyida Neymar va boshqalardan ayblovlar olib tashlangan edi, sud endi oqlov hukmini chiqardi. Qisqa bayonotda shartnomani soxtalashtirish hamda DIS kompaniyasiga zarar yetkazishi isbotlanmaganligi aytilgan.

Ma’lumot uchun, 2013 yilda DIS Neymar tomonidan moliyaviy da’volar bildirgan edi. Kompaniya ilgari Neymarga tegishli huquqlarning bir qismiga egalik qilgan edi. DIS futbolchiga besh yillik qamoq jazosi va ayblanuvchiga 149 million yevro jarima solinishini talab qilgan edi.