Krishtianu Ronaldu JCh-2022dan keyin Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.
Correio da Manhã xabariga ko’ra, 37 yoshli forvard milliy jamoada qolib, Yevro-2024ga borishni maqsad qilgan. Turnirning saralash bosqichi mart oyida start oladi.
Qayd etilishicha, Ronalduning keyingi taqdiri jamoa bilan xayrlashishi kutilayotgan bosh murabbiy Fernandu Santushning Portugaliyadagi faoliyatiga ham bog’liq. Shunga qaramay, hozircha u eng kamida 2024 yilga qadar milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirmoqchi.
Forvard hozirda yaxshi sport formasida emasligini tushunmoqda va buni «MYu» safida mavsum oldi yig’inda qatnashmagani hamda o’yin amaliyoti berilmagani bilan bog’lamoqda.
Avvalroq, Ronaldu YeChL klublaridan taklif kutayotgani, ammo uning oldida hozircha faqat «An-Nasr» klubidan taklif borligi haqida xabar qilingandi.