Eng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Buni qarangki, hozir erkaklar kelishgan va maftunkor ko’rinish uchun qattiq harakat qilishayotgan emish. Bu borada ular hatto ayollar qilmagan qurbonliklarni ham qilishga tayyor. E’tiboringizga dunyoning 10 burchagida kelishgan deya e’tirof etiladigan erkaklarni keltiramiz. Qizig’i shundaki, Yer kurrasining qaysidir qismida “maftunkor” hisoblanadigan erkaklar ba’zi mamlakatlarda, aksincha, nuqsonli deb topilishgan. Bu haqida Adme yozmoqda

SShA

Eng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Amerika Qo’shma Shtatlarida kelishgan sifatiga erishish uchun erkaklarning terisi, albatta, quyoshda toblangan bo’lishi shart. Keng yelka va mushaklarning  jilovlanib turishi muhim. Amerikalik ayollar uchun erkaklarda soqol bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.

Braziliya

Eng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Braziliyaning injiq ayollari uchun ko’zlar juda muhim. Ular o’zlariga juft tanlashda erkaklarning sochi to’q rangda ekaniga hamda ko’zlarining rangiga katta e’tibor qaratishadi.

 

HindistonEng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Qiyinchiliksiz “Bollivud”da omadga erishishni istagan Hindiston yigitlari, albatta, bir muncha talablarga javob berishlari shart. Bunda sport bilan muntazam shug’ullanib, mushaklarga ishlov berish va har kungi soch turmagini o’z o’rnida turmaklash eng ahamiyatlisi. Hindistonda terining chiroyli ko’rinishi uchun kremlardan foydalanish “kelishgan” sertifikatini olishda juda qo’l keladi.

ShvetsiyaEng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Shvetsiya erkaklari tananing quruq shishi bilan atrofdagilarni jalb qila olishmaydi. Ya’ni ukol va allaqanday ozuqalar bilan “yolg’on mushakdor” yigitga aylanishning hech samarasi yo’q. Ular maftunkor bo’lish uchun o’z ustilarida, haqiqatan, ishlashlari lozim. Bundan tashqari, Shvetsiyada erkaklarning nigohidagi yengil mayuslik ham ularga o’zgacha husn berar emish.

 

                TurkiyaEng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Turkiya erkaklari o’z honimlarini g’oyat hurmat qilishi va tushunishi bilan ajralib turadilar. Va bu ularga erkaklik kuchi hamda romantiklik hususiyatini beradigan sifatdir. Shunga ko’ra, ko’pgina turk seriallarida bosh rol qahramonlari xarakteriga yumshoqlik sifati kiritiladi. Yuz qirralarida ham milliylik bo’lishi turklar nazdida ahamiyatli.

 

ItaliyaEng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Italiya erkaklari jozibador ko’rinish uchun har narsaga tayyor. Hatto ayollar kabi qosh terish, tirnoqlar manikyurini ham xijolat chekmay o’zlarida sinayverishadi. Qolaversa, kosmetika vositalari va turli ukollarni ham bemalol qo’llayverishadi.

 

Janubiya Koreya

Eng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Koreyada “kelishgan”, “jozibador” sifatini aynan qanday erkaklarga berishlari hayratlanarli. Bu yerda erkaklar baquvvat va keng yelka, mushaklarga ega bo’lishlari shart emas. Hattoki ba’zi koreys yigitlar endilikda qovoq va lablarini bo’yamay yurisholmaydi. Bundan tashqari, bu mamlakatda yigitlar, asosan, kiymga katta urg’u berishadi. Aytish mumkinki, koreys yigitlari kiyinishda qizlarni ham ortda qoldirib, asosan, brend bo’lgan liboslarni tanlashadi.

 

Buyuk BritaniyaEng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Teri rangi oq va nozik bo’lishi — britaniyalik erkaklar uchun muhim xususiyat. Ayniqsa, mahalliy ayollar uchun ortiqcha vaznlarsiz, o’zini ozoda tutgan erkaklar qadrli. Qolaversa, tatu chizmalari badanda bo’lishi ham britaniyalik erkaklarning sifatlaridan biridir.

 

Gretsiya

Eng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Grek erkaklar ayollarga yoqish uchun nimadir qilishlari shart emas ekan. Sababi, ularni shundoq ham chiroyli deb bilishadi. Qora sochga tushgan yengil oqlik, aqlli qarashlar, quyosh tig’i ostida me’yorida toblangan teri, bularning bari grek erkaklariga “maftunkor”lik darajasini beradi.

 

AvstraliyaEng kelishgan erkaklar o'ntaligi. Ayollar qanday erkaklarni yoqtirishini bilib oling

Koreya bilan Avstraliya erkaklarini bir-biriga taqqoslab bo’lmasligi rost, lekin ularning bir jihati juda o’xshash. O’zlariga oro berish. Avstraliyalik erkaklar ham bu borada koreyaliklardan qolishmaydi, hatto o’zib ham ketishadi. Uncha-muncha ayol bu erkaklarchalik qomat ko’rinishiga pul ajratavermasligini tan olish kerak. Avstraliyalik yigirtlar sport zali hamda kosmetologga serqatnov. Ha, aytganday, dunyoning eng jozibali, kelishgan erkaklari aynan avstraliyaliklar ekanini ham ko’pchilik e’tirof etadi.

Mohigul DIYoRXO’JAYEVA