image0 Dam olish kunlari ob-havo o‘zgaradimi?1 north_east

O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 19-20 aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ertaga, 19 aprel kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 14-17 darajagacha pasayishi davom etadi.

Shuningdek, 20 aprel kuni faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Kechasi va kunduzi havo nisbatan salqin bo‘ladi, harorat kechasi 5-10 darajagacha pasayadi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 20-23 darajagacha isitadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja issiq bo‘ladi. 20 aprel kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.